32-§. Organizmni chiniqtirish. Teri gigiyenasi 8-sinf Odam va uning salomatligi darsligi asosida. 2014 Ma'lumki, odamning hayoti doim tashqi muhit bilan chambarchas bog'langan. Tashqi muhitning har xil omillari odamga doimo ta'sir ko'rsatib turadi. Ayniqsa, atrof-muhitning noqulay ta'siriga (issiq, sovuq, namlik, bosim kabilarga) organizmni chiniqtirish odamning sog'lom bo'lishiga, ish qobiliyatining ortishiga olib keladi. Kundalik hayotda odam organizmini issiq-sovuq ta'siriga chiniqtirish muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, sovuq havoga, suvga chiniqtirish har xil shamollash kasalliklarining oldini olishga imkon beradi. Organizmni chiniqtirishda quyidagi gigiyena qoidalariga amal qilish lozim: Chiniqtirishni asta-sekinlik bilan boshlash kerak. Sovuqhavoda yoki sovuq suv ta'sirida chiniqtirilganda ularning harorati avval 25°C bo'lib, har ikki-uch kunda +1°C ga pasaytirib boriladi va +10 -8°C gacha yetkaziladi. Chiniqtirishning izchillik prinsipi shundan iboratki, organizmga ta'sir etayotgan chiniqtiruvchi omil (havo va suv) uzluksiz har kuni yoki kunora takrorlanishi zarur. Chiniqtirishda har qaysi odam organizmining individual xususiyatlari, ya'ni yoshi, jismoniy rivojlanganligi, sog'lomligi e'tiborga olinishi kerak. Chiniqtirishda o'z-o'zini nazorat qilish zarur, ya'ni chiniqayotgan odam muntazam ravishda o'z kayfiyati, ishtahasi, uyqusi va ish qobiliyati qanday o'zgarayotganini kuzatib borishi lozim. Chiniqtirish turlari. Kundalik hayotda havoda, quyoshda, ko'proq suvda chiniqtirish qo'llaniladi. Suvda chiniqtirish. Suv odam organizmiga harorati, tarkibida erigan kimyoviy moddalar bilan hamda mexanik ta'sir ko'rsatadi. Suvda chiniqtirish oldiniga mahalliy, so'ngra umumiy bo'ladi. Mahalliy chiniqtirishda tananing ayrim sohalari har xil haroratdagi suvda chiniqtiriladi. Umumiy chiniqtirish tananing ustidan har xil haroratdagi suv quyish, dush qabul qilish yoki suv manbalarida (hovuz, ariq, kanal, suv havzasida) cho'milishdan iborat. Donishmand xalqimiz teri sog'liq oynasi deydi. Uning funksiyalari normal o'tishi uchun teri doim toza bo'lishi zarur. Terini toza saqlash ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 17:38:48
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.59 MB
Ko'rishlar soni
211 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:22
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 17:38 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.59 MB
Ko'rishlar soni
211 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:22 ]
Arxiv ichida: pptx