20-§. Ovoz apparati 8-sinf Odam va uning salomatligi darsligi asosida. 2014 Tuzilishi va vazifasi Ovoz hosil bo'lishida hiqildoqda joylashgan ovoz boylamlari, muskullari bilan birga, til, lablar, og'iz bo'shlig'i, burun bo'shlig'i va uning yuz, peshana suyaklari orasida joylashgan qo'shimcha kovaklari, halqum, kekirdak, bronxlar va o'pkalar ham ishtirok etadi. Odam gapirmay turganda hiqildoqda joylashgan ovoz boylamlarining teshigi ochiq holda bo'ladi (u uchburchak shaklda). Pichirlab so'zlaganda ham ovoz teshigi ochilgan holda bo'ladi. So'zlash ganda, kuylaganda ovoz teshigi yopiladi va o'pkadan nafas bilan chiqariladigan havo katta kuch bilan ovoz boylamlariga ta'sir qilib, ularning tebranishi natijasida ovoz hosil bo'ladi. Ovozning o'tkirligi ovoz boylamlarining kalta yoki uzun bo'lishiga bog'liq. Ayollarda ularning uzunligi o'rtacha 18-20, erkaklarda 20-22 millimetr. Nafas harakatlari nafas olish va nafas chiqarishdan iborat. Nafas olish harakati qovurg'alarning ko'tarilishi va diafragmaning pastga tushishi orqali ta'minlanadi. Qovurg'alarning ko'tarilishi bo'yin va tashqi qovurg'alararo muskullarning qisqarishi natijasida yuzaga keladi. Diafragmaning pastga tushishi esa uning muskullari qisqarishi natijasida sodir bo'ladi. Bu harakatlar natijasida ko'krak qafasining hajmi kattalashadi, o'pka kengayadi va tashqi muhitdan o'pkaga havo so'rib olinadi. Nafas chiqarish harakati ichki qovurg'alararo va qorin muskullarining qisqarishi orqali ta'minlanadi. Ichki qovurg'alararo muskullar qisqarganda qovurg'alar pastga tushadi, qorin muskullari qisqarganda diafragma yuqoriga ko'tariladi. Natijada ko'krak qafasining hajmi kichrayib, o'pkalarning torayishiga va ulardagi havoning tashqi muhitga siqib chiqarilishiga sabab bo'ladi. O'pkaning tiriklik sig'imi. Nafas olish va nafas chiqarish harakatlari natijasida o'pkalarga, ya'ni ularning alveolalariga uzluksiz ravishda tashqi muhitdan havo kirib va chiqib turadi. Odam tinch turganda o'rtacha 500 ml havo oladi va shuncha havoni chiqaradi. Bunga nafas havosi deyiladi. Odam chuqur nafas olsa, ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 17:38:48
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
909.31 KB
Ko'rishlar soni
215 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:22
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 17:38 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
909.31 KB
Ko'rishlar soni
215 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:22 ]
Arxiv ichida: pptx