8-sinf Odam salomatligi Ovqat hazm qilish organlarining tuzilishi va vazifasi

8-sinf Odam salomatligi Ovqat hazm qilish organlarining tuzilishi va vazifasi

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
8-sinf Odam salomatligi Ovqat hazm qilish organlarining tuzilishi va vazifasi - rasmi

Material tavsifi

24- §. Ovqat hazm qilish organlarining tuzilishi va vazifasi 8-sinf Odam va uning salomatligi darsligi asosida. 2014 Ovqat hazm qilish organlari lablar, og'iz bo'shlig'i, halqum, qizilo'ngach, me'da, o'n ikki barmoq ichak, ingichka va yo'g'on ichaklar hamda me'daosti bezi va jigar kabi organlardan tashkil topgan Lablar. Yuqori va pastki lablar muskullardan iborat bo'lib, ular og'izning kirish qismini hosil qiladi. Og'iz bo'shlig'ida tishlar, til va so'lak bezlarining kanalchalari joylashgan. Tishlar, ularning tuzilishi va gigiyenasi.Tishlar ikki xil bo'ladi: sut tishlari - 20 ta, doimiy tishlar - 32 ta. Sut tishlari bolaning olti oyligidan ikki yoshigacha chiqadi. Bola olti yoshligidan to o'n ikki yoshigacha sut tishlari tushib, ularning o'rniga doimiy tishlar chiqadi. Doimiy tishlar soni 32 ta bo'lib, yuqori va pastki jag'da 16 tadan, jag'larning o'ng va chap tomonida 8 tadan bo'ladi. Shulardan oldingi 2 tasi kesuvchi (kurak), bittasi qoziq, ikkitasi kichik oziq tish va uchtasi katta oziq tishlardir. Doimiy tishlarning 28 tasi 12-14 yoshgacha chiqadi. 4 tasi, ya'ni yuqori va pastki jag'lardagi oxirgi katta oziq tishlar (aql tishlar) 18 yoshdan keyin chiqadi. Tish uch qismdan iborat: tish toji (koronka), bo'yni va ildizi. Tishning ko'rinib turgan tashqi qismi koronka deb atalib, u oq emal moddasi bilan qoplangan. Bu modda tishga qattiqlik xususiyatini beradi. Tishning milk bilan birikkan joyi uning bo'yin qismi deb ataladi. Tishning ildiz qismi jag' suyaklariga birikkan bo'ladi. Tishning ichki qismida bo'shliq bo'lib, u yerda qon tomirlari va nerv tolalari joylashgan. Zararlangan tish o'z vaqtida davolanmasa, chirigan tishdagi mikroblar qonga o'tib, yurak, buyrak, jigar va miya kabi hayotiy muhim organlarda og'ir kasalliklarni ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 18.58 MB
Ko'rishlar soni 204 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:22 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 18.58 MB
Ko'rishlar soni 204 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga