8-sinf Odam salomatligi Tashqi muhit omillarining yurak faoliyati va qon bosimiga ta'siri

8-sinf Odam salomatligi Tashqi muhit omillarining yurak faoliyati va qon bosimiga ta'siri

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
8-sinf Odam salomatligi Tashqi muhit omillarining yurak faoliyati va qon bosimiga ta'siri - rasmi

Material tavsifi

18- §. Tashqi muhit omillarining yurak faoliyati va qon bosimiga ta'siri 8-sinf Odam va uning salomatligi darsligi asosida. 2014 Odam organizmi o'zi doimiy yashaydigan joyning iqlimiga, ob-havo sharoitiga moslashadi. Ob-havoning inson salomatligiga, uning mehnat qobiliyatiga va ruhiy kayfiyatiga ta'siri qadimdan ma'lum. Obhavoning noqulay o'zgarishlari, ayniqsa, yurak va qon tomir kasalliklari bilan og'rigan odamlarga ko'proq ta'sir etadi. Atmosfera bosimi ortganda tashqi muhit havosining bosimi va odam tanasining barcha bo'shliqlaridagi bosim o'rtasida farq paydo bo'ladi. Bunday vaqtda,ayniqsa, gipertoniya, revmatizm va yurakning boshqa kasalliklari bilan og'rigan odamlarda bosh og'rig'i, bo'g'inlarda, yurakda og'riq seziladi. Arterial qon bosimi ko'tariladi. Ayniqsa, qon bosimi ko'tarilgan keksa odamlarda miyaning mayda qon tomirlari yorilishi tufayli miyaga qon quyilishi mumkin. Buning natijasida qo'l-oyoqlar shol bo'lib qolishi, odam gapirish qobiliyatini yo'qotishi mumkin. Balandlikka ko'tarilganda havo bosimi pasayadi. Bunday vaqtda odam gavdasining ichki bo'shliqlaridagi gazlar kengayadi. Shuning uchun baland tog'larga chiqqanda odamlarda tog' kasalligi deb ataluvchi holat yuzaga keladi. Issiq vaqtda tanadagi qon tomirlari kengayadi. Qon tananing yuza qismidagi tomirlarda va to'qimalarda to'planib, organizmdan tashqi muhitga issiqlik ajralishi ko'payadi. Bu issiqlikning nurlanishi ter bezlaridan ajralgan suyuqlikning bug'lanishi orqali amalga oshadi. Sovuq vaqtda tananing tashqi yuzasidagi qon tomirlari torayadi va organizmdan tashqi muhitga issiqlik ajralishi kamayadi. Bunday vaqtda odamning terisi, ayniqsa, yuzlari oqaradi, biroz qaltiraydi va sovuq sezadi. Yurak va qon tomir kasalliklarining ko'p uchraydigan turlariga ateroskleroz (qon tomirlari devorining ichki yuzasida yog' va tuz moddalari to'planishi oqibatida tomirlar qattiqlashib, mo'rtlashib va torayib qolishi), gipertoniya (arterial qon bosimining ko'tarilishi), yurakning ishemik kasalligi (yurak muskullarida qon aylanishining buzilishi tufayli sodir bo'ladi), miokard infarqti (qon ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 10.67 MB
Ko'rishlar soni 220 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:22 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 10.67 MB
Ko'rishlar soni 220 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga