8-sinf Odam salomatligi Urug'lanish va homilaning rivojlanishi

8-sinf Odam salomatligi Urug'lanish va homilaning rivojlanishi

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
8-sinf Odam salomatligi Urug'lanish va homilaning rivojlanishi - rasmi

Material tavsifi

53- §. Urug'lanish va homilaning rivojlanishi 8-sinf Odam va uning salomatligi darsligi asosida. 2014 Odamning hayoti ona organizmida ikkita jinsiy hujayraning, ya'ni tuxum hujayra bilan spermatozoidning qo'shilishidan boshlanadi. Bu ikki hujayraning qo'shilishidan bitta yangi hujayra, ya'ni yangi organizm paydo bo'ladi. Ayol va erkak jinsiy hujayralarining har birida 23 tadan xromosoma bo'lib, ularning 22 tasi ota va ona organizmining irsiy belgilarini bolaga o'tkazadi. Bunyod bo'lgan bolaning jinsi ayol va erkak jinsiy hujayralarining 23- xromosomasiga bog'liq. Ayol jinsiy hujayrasidagi 23- xromosoma iks(X) bo'lib, erkak jinsiy hujayrasidagi 23- xromosoma iks yoki igrek (X yoki Y) bo'ladi. Iks xromosomali erkak jinsiy hujayra (spermatozoid) ayol jinsiy hujayrasi (tuxumi) bilan qo'shilsa, homila qiz bo'ladi. Y xromosoma erkak jinsiy hujayra (spermatozoid) ayol jinsiy hujayrasi (tuxumi) bilan qo'shilsa, homila o'g'il bo'ladi. Shunday qilib, hosil bo'lgan bolaning jinsi otaning jinsiy hujayrasiga bog'liq, ammo bu uning ixtiyoriga yoki xohishiga bog'liq emas. Ayol va erkak jinsiy hujayralari tuxum yo'lida qo'shilishidan bitta hujayra, ya'ni yangi organizm hosil bo'ladi, unda 46 ta xromosoma bo'ladi. Bu hujayra paydo bo'lgandan boshlab bir hafta davomida tuxum yo'lida bo'linib ko'paya boshlaydi va asta-sekin tuxum yo'lidan siljib bañhadon bo'shlig'iga o'tadi, uning devoriga birikib, rivojlanadi. Bachadon bo'shlig'iga o'tgan homilaning tashqi qismidan qon tomirlariga boy bo'lgan maxsus hujayralar birikmasi (yo'ldosh) hosil bo'lib, u orqali homila bachadon devoriga birikadi. Mazkur hujayralardan kindik shakllanib, undagi arteriya va vena qon tomirlari orqali bola ona organizmining qon tomirlari bilan tutashadi. Yo'ldosh homilani oziqlantirish bilan birga, uni ona organizmidagi zararli kimyoviy moddalar, mikroblar ta'siridan ma'lum darajada himoya qilib turadi. Yo'ldoshning shikastlanishi, uning bachadon devoridan ajralishi ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 7.59 MB
Ko'rishlar soni 282 marta
Ko'chirishlar soni 24 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:22 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 7.59 MB
Ko'rishlar soni 282 marta
Ko'chirishlar soni 24 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga