3- §. Тo'qimalar, organlar va organlar sistemasi 8-sinf Odam va uning salomatligi darsligi asosida. 2014 Kelib chiqishi, tuzilishi, funksiyasi, hayotiy jarayonlari, bir-biriga o'xshash bo'lgan hujayralar to'plami to'qima deb ataladi. Odam organizmida 4 xil: epiteliy, biriktiruvchi, muskul va nerv to'qimalari bo'ladi. Epiteliy (qoplovchi) to'qima. Bu to'qima teri sirtini, ovqat hazm qilish, nafas olish, ayirish va boshqa organlarning ichki yuzasini qoplab turadi. Buni organlar ichki pardasi, ya'ni shilliq qavat deb ham ataladi. Epiteliy to'qima joylashishi, bajaradigan vazifasi, tuzilishiga ko'ra bir necha xil bo'ladi: shakli yassi (yapaloq), kubsimon, silindrsimon, bir qavatli, ko'p qavatli va hokazo. Yassi epiteley teri sirtini qoplab turadi, kubsimon epiteliy buyrakda, silindrsimon epiteliy ichakning ichki yuzasida, tukli epiteliy burun bo'shlig'ining ichki yuzasida joylashgan. Muskul to'qimasi. Muskul to'qimasi uch xil bo'ladi: ko'ndalang-targ'il, silliq tolali va yurak muskullari. Muskul hujayralarida miofibril tolachalar bo'lib, ular muskul tolasining qisqarish-yozilish xususiyatini ta'minlaydi. Ko'ndalang-targ'il, ya'ni skelet muskullari odam tanasining tashqi sohasida joylashib, suyaklarga birikib turadi. Shuning uchun ular skelet muskullari deb ataladi. Epiteliy to'qima joylashishiga qarab har xil vazifani bajaradi: terining ustki qismini va burun bo'shlig'ini qoplab turgan epiteliy to'qimalari himoya vazifasini bajaradi; me'da-ichaklarning ichki yuzasidagi epiteliy to'qima ovqat hazm qilishda ishtirok etadi. Epiteliy to'qimasi o'zaro zich joylashgan hujayralardan iborat. Epiteliyda hujayralararo modda bo'lmaydi yoki juda kam bo'ladi. Epiteliy hujayralari tez ko'payish xususiyatiga ega. Biriktiruvchi to'qima. Biriktiruvchi (qo'shuvchi) to'qima tuzilishi va shakliga ko'ra xilma-xildir. Ularning hujayralari orasida hujayralararo moddalar bo'ladi. Bu to'qimaga suyak, qon, limfa, tog'ay va pay kiradi. Biriktiruvchi to'qima joylashishiga va bajaradigan vazifasiga ko'ra turli xususiyatlarga ega. Masalan, pay va tog'aylar tarkibidagi biriktiruvchi to'qima ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 17:38:48
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
4.1 MB
Ko'rishlar soni
261 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:22
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 17:38 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
4.1 MB
Ko'rishlar soni
261 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:22 ]
Arxiv ichida: pptx