Amirlikning xo'jalik hayoti yer mulkchiligi shakllari 8-sinf O'zbekiston tarixi fani darsligi asosida 16-mavzu 1) davlat yerlari (bu amlok yerlar deb ham atalgan); 2) mulk yerlari (xususiy); 3) vaqf yerlari. 24.06.2020 2 Buxoro davlatida yer-suv mulkchiligining uch shakli mavjud edi: Davlat yerlarining suvsiz dasht, to'qayzor qismi ko'chmanchi jamoalarga bo'lib berilgan bo'lib, ular bu yerlardan foydalanganliklari uchun davlatga xiroj to'lar edilar. Bunday yerlar sotilmasdi va ayirboshlanmasdi. 24.06.2020 3 Davlat yerlarining boshqa bir qismi hukmron sulola a'zolariga, yirik davlat mansabdorlariga, lashkarboshilariga davlat oldidagi xizmatlari evaziga suyurg'ol shaklida in'om etilgan edi. 24.06.2020 4 Suyurg'ol olganlar u yerni boshqarish huquqini ham olganlar. Suyurg'ol egasi davlat xazinasiga xiroj to'lashi hamda oliy hukmdorning chaqirig'iga ko'ra o'z qo'shini bilan harbiy yurishlarda ishtirok etishi lozim edi. 24.06.2020 5 XVI asrdan boshlab davlat yerlarini «tanho» deb nom olgan shaklda in'om etish qaror topa borgan. Bunday in'omga sazovor bo'lgan kishi yerga emas, shu yerdan olinadigan soliqqa egalik qilgan. 24.06.2020 6 XIX asrning birinchi choragida amirlikda tanholarning soni 12 mingdan 36 ming nafarga yetgan. Eng kichik tanho yeri 3-5 gektarni tashkil etgan. Davlat yerlarining yana bir qismi dehqonlarga ijaraga berilgan. Xazinaga eng ko'p soliq ham ana shu yerlardan tushar edi. 24.06.2020 7 Xususiy yerlar (mulk) ning bir qismi xususiy shaxslarning yerlari bo'lib, ularning bu yerlarga egalik qilishlari davlat xizmati bilan bog'liq bo'lmagan. 24.06.2020 8 Bu yerlardan 110 qismi miqdorida o'lpon to'lanardi. Bunday yerlar, asosan, amirlikda asrlar osha yashab kelayotgan arablarga qarashli yerlar bo'lgan. Mulk yerlarining ikkinchi qismi (mulki hur yoki mulki hurri xolis) davlat xizmati bilan bog'liq bo'lib, bunday yerlar urushlarda jasorat ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 19:53:32
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.66 MB
Ko'rishlar soni
183 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:21
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 19:53 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.66 MB
Ko'rishlar soni
183 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:21 ]
Arxiv ichida: pptx