8-sinf O'zbekiston tarixi dars ishlanma. Qo'qon xonligida madaniy hayot

8-sinf O'zbekiston tarixi dars ishlanma. Qo'qon xonligida madaniy hayot

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
8-sinf O'zbekiston tarixi dars ishlanma. Qo'qon xonligida madaniy hayot - rasmi

Material tavsifi

Company Name Name of Presentation Qo'qon xonligida madaniy hayot 8-sinf O'zbekiston tarixi fani darsligi asosida 37-mavzu Umarxon va ilmiy-madaniy muhit Qo'qon xonligida madaniyat ham rivojlanib bordi. Shahar va qishloqlarda ko'plab maktab, madrasa va masjidlar qurilib, yoshlar o'qitilgan, ularga hunar o'rgatilgan. Qo'qonda 120 ta maktab, 40 ta madrasa va masjid, Marg'ilonda 80 ta maktab, 10 ta madrasa va masjidning faoliyat yuritganligi buning guvohidir. Qo'qon xoni Umarxon ilm, madaniyat, san'at, adabiyot rivojiga, madrasalarda o'qish-o'qitish ishlarini yaxshilashga, turli kasb-hunar maktablarining ochilishiga e'tibor bergan, qo'llab-quvvatlagan. Umarxon sa'y-harakatlari natijasida Qo'qonda XIX asr boshlarida o'ziga xos ilmiy-madaniy muhit vujudga keladi. Uning asoschisi ma'rifatparvar hukmdor va hassos shoir Umarxon (1787-1822) edi. Qo'qon xoni Umarxon Qo'qon ilmiy-madaniy muhitining rivojida Umarxonning umr yo'ldoshi, mashhur shoira Nodirabegimning hissasi katta bo'ldi. Nodirabegim Umarxon Amiriy taxallusi bilan ko'plab she'rlar yozgan. Uning atrofida 70 dan ortiq shoir yig'ilgan. 1821-yilda Fazliy Namangoniy Umarxon amriga binoan, 63 shoirning she'rlarini o'z ichiga olgan «Majmuayi shoiron» to'plamini tuzgan. 10 ming misradan ortiq o'zbek, fors-tojik tilidagi g'azal, muxammas, tuyuq janrlaridagi she'rlar to'plangan devon yaratilgan. Maxmur va Gulxaniy Amir Umarxon davridagi yirik shoirlardan biri Maxmur (asl ismi Mahmud) XVII asr oxirida tug'ilib, 1844-yili vafot etgan. Qo'qondagi Madrasayi Mirda o'qigan, keyin Amir Umarxon qo'shinida sipohiylik qilgan. Maxmurning hajviy she'rlar devoni saqlangan bo'lib, unda 69 asr (3717 misra) jamlangan. Maxmur Bu davr adabiyotining yana bir yirik namoyandasi Gulxaniy (Muhammad Sharif) bo'lgan. U 1770-yilda hozirgi Tojikistonning Tavildara tumanida tug'ilgan. Gulxaniy Boshlang'ich ta'limni qishlog'ida olgan. Muhtojlik oqibatida Namanganga kelib mardikorlik qilgan. Keyinchalik Qo'qonda istiqomat qiladi. Uvaysiy Uvaysiy oilasi o'z davrining ilg'or va ma'rifatli ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.43 MB
Ko'rishlar soni 257 marta
Ko'chirishlar soni 27 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:21 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.43 MB
Ko'rishlar soni 257 marta
Ko'chirishlar soni 27 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga