Tarixnavislik, san'at va me'morchilik 8-sinf O'zbekiston tarixi fani darsligi asosida 38-mavzu Tarixnavislik XVII-XIX asrlarda Qo'qon xonligida ko'plab tarixiy asarlar yaratilgan. Mazkur davr tarixchilaridan Abdulkarim Fazliy Namangoniy Amir Umarxonning topshirig'iga binoan «Shohnoma» masnaviysini yozib tugatgan (1822). U 500 baytdan iborat tarixiy asardir. Xon saroyida qozi askar lavozimida ishlagan Mirzo Qalandar Mushrif Isfarangiy Amir Umarxonning maslahati bilan «Shohnomayi Umarxon» tarixiy asarini yozgan. Umarxon davrining ko'zga ko'ringan tarixchisi Muhammad Hakimxon To'ra ibn Sayid Ma'sumxon (1802-1870) dir. Umarxon davrining yana bir yetuk tarixshunosi Mulla Niyoz Muhammad Ho'qandiy (1802-1872)dir. Harbiy lavozimlarda ishlagan va XIX asrning 70-yillarida «Tarixi Shohruhiy» asarini yozadi. Asarda olim davrning siyosiy ahvoli va xalqning ijtimoiy turmushiga to'g'ri baho bera olgan. Unda 1872-yilgacha bo'lgan, ko'pincha o'z ko'zi bilan ko'rgan va bo'lgan voqealarni bayon etadi. Mulla Niyoz Muhammad Ho'qandiy Umarxon davridan 1872-yilgacha bo'lgan tarixiy voqealarning bayonidan iborat bo'lgan yana bir tarixiy asar «Tarixi jahon-nomayi» deb nomlanadi. Uning muallifi Junayd Mulla Avaz Muhammad Mulla Ro'zimuhammad o'g'li (XVII asr oxiri-XIX asr o'rtalari)dir. Junayd Mulla Avaz Muhammad Mulla Ro'zimuhammad Toshkentlik tarixchi olim Muhammad Solihning «Tarixi jaddiiy Toshkand» (Toshkentning yangi tarixi) asari Vatanimiz tarixini o'rganishda muhim manbadir. U XV-XIX asrlar Turkiston tarixi, jumladan, Toshkent tarixi, Qo'qon xonligi tarixi ilmiy nuqtayi nazardan yozilgan qimmatli asardir. San'at Qo'qonda xattotlik san'ati va me'morchilik ham rivojlangan. Muhammad Latif, Mirzo Sharif Dabir, Abulg'ozixoja kabi xattotlarning kitob ko'chirish borasida o'zlari amalga oshirgan xayrli ishlari bilan tarixda nomlari qoldi. Kitoblar shunday did bilan ko'chirilganki, xorijiy mamlakatlar shohlari uchun elchilariga ana shunday nafis ko'chirilgan kitoblarni tortiq qilish xonlikda odatga aylangan edi. Me'morchilik Qo'qonda me'morchilik rivojlanib bordi. ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 19:53:32
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.23 MB
Ko'rishlar soni
271 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:21
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 19:53 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.23 MB
Ko'rishlar soni
271 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:21 ]
Arxiv ichida: pptx