8-sinf O'zbekiston tarixi dars ishlanma. Qoraqalpoqlarning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti

8-sinf O'zbekiston tarixi dars ishlanma. Qoraqalpoqlarning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
8-sinf O'zbekiston tarixi dars ishlanma. Qoraqalpoqlarning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti - rasmi

Material tavsifi

Qoraqalpoqlarning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti 8-sinf O'zbekiston tarixi fani darsligi asosida 29-mavzu Ijtimoiy ahvol 27.06.2020 2 Qoraqalpoqlar ijtimoiy hayotida urug'chilik, qabilachilik munosabatlari, aholining tabaqalarga bo'linishi ancha kuchli edi. Har bir urug' yoki qabilaga biylar boshchilik qilardi. Harbiy qismlarni botirlar boshqarardi. Aholi orasida ruhoniylar, shayxlar, xo'jalarning o'rni ham katta edi. Ovul boshlang'ich ma'muriy bo'g'in bo'lib, ularning butun hayotiga Oqsoqollar kengashi rahbarlik qilardi. 27.06.2020 3 Biylik lavozimiga ilgarilari urug' yig'inlarida saylangan bo'lsa, qoraqalpoqlar Xiva xonligiga bo'ysundirilgach, xon tomonidan tayinlanadigan bo'ldi. Xon tomonidan tayinlangan biyga boshqa biylar bo'ysungan. 27.06.2020 4 Dehqonchilik, chorvachilik, baliqchilik 27.06.2020 5 Qoraqalpoqlar qadimdan dehqonchilik va chorvachilik bilan shug'ullanib kelganlar. «Qirq qiz» dostonida qoraqalpoqlarning yerlar o'zlashtirib, suv inshootlari qurib, yer haydab g'alla yetishtirganligi, bog'lar yaratganligi haqida ma'lumotlar berilgan. XVII asr oxirlarida Amudaryo quyi tarmoqlarida Qalliko'l, Kegayli, XIX asr o'rtalarida Chimboy, Qo'ng'irot dehqonchilik vohalari vujudga keldi. Dehqonchilikda omoch, mola, ketmon, belkurak, o'roq kabi mehnat qurollaridan foydalanilgan. 27.06.2020 6 Qoraqalpoqlar iqtisodiy hayotida chorvachilik ham muhim o'rin tutgan. Poda-poda qoramol, qo'y, echki, ot, tuyalar boqilgan. 27.06.2020 7 Chorvadorlar ho'kiz va tuya qo'shilgan aravalarda poda va otarlari bilan yil davomida sero't yaylovlarga ko'chib yurganlar. Hunarmandchilik va savdo 27.06.2020 8 Qoraqalpoqlar hayotida temirchilik, duradgorlik, kigiz bosuvchilik, to'quvchilik, bo'yoqchilik, kulolchilik, zargarlik kabi hunarmandchilik tarmoqlari rivojlanib boradi. Hunarmandlar uy-ro'zg'or buyumlari, idish-tovoqlar, matolar, kiyim-kechaklar tayyorlaganlar. Yog'ochdan o'tov tayyorlab, kigizlar bilan yon va tom qismini o'rab, turar joylar yasaganlar. 27.06.2020 9 Olacha, gilam, tuya junidan movut tayyorlash ancha rivojlangan. Qoraqalpoqlar amaliy san'atida o'tovlar uchun o'ymakor eshiklar, kashtachilik, zargarlik buyumlari yasash rivojlangan. 27.06.2020 10 Savdo-sotiq ishlari ham rivojlanib bordi. Shaharlarda do'konlar, karvonsaroylar ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.77 MB
Ko'rishlar soni 206 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:21 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.77 MB
Ko'rishlar soni 206 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga