8-sinf O'zbekiston tarixi dars ishlanma. Xiva xonligida qo'ng'irotlar sulolasining hokimiyatga kelishi

8-sinf O'zbekiston tarixi dars ishlanma. Xiva xonligida qo'ng'irotlar sulolasining hokimiyatga kelishi

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
8-sinf O'zbekiston tarixi dars ishlanma. Xiva xonligida qo'ng'irotlar sulolasining hokimiyatga kelishi - rasmi

Material tavsifi

Xiva xonligida qo'ng'irotlar sulolasining hokimiyat tepasiga kelishi 8-sinf O'zbekiston tarixi fani darsligi asosida 23-mavzu Xiva xonligidagi siyosiy vaziyat hukmron tabaqalarning urushlari va qabilalar o'rtasidagi mojarolarni to'xtatishga qodir bo'lgan kuchli markaziy hokimiyatning barpo etilishini taqozo etardi. 25.06.2020 2 Bunday hokimiyatni barpo etishga qodir kuch sifatida maydonga o'zbeklarning qo'ng'irot qabilasi chiqdi. XVII asrning 60-yillaridan boshlab, Xiva xonligida hokimiyatni qo'ng'irot qabilasi boshliqlari asta-sekin o'z qo'llariga ola boshladilar. 25.06.2020 3 Yirik zodagonlar va ruhoniy tabaqasining madadiga tayangan qo'ng'irot qabilasining yo'lboshchisi Muhammad Amin 1761-yilda inoqlik lavozimiga ko'tarilgan. Muhammad Amin mahalliy beklarni ham bo'ysundirishga muvaffaq bo'ldi. U xon avlodidan bo'lmagani sababli taxtga Abulfayzxonning o'g'li Bo'lakayxonni nomiga, qo'g'irchoq xon sifatida o'tqazadi. Hokimiyatni esa o'zi boshqaradi. 25.06.2020 4 Muhammad Amin 1782-yilda Buxoro amirligi qo'shinlarining hujumini qaytarib, Xiva xonligi mustaqilligini saqlab qoladi. Xiva xonligini boshqargan Muhammad Amin inoq 20 yil davomida 13 marta soxta xonlarni almashtirgan. 25.06.2020 5 Muhammad Amin ham, uning o'g'li Avaz (1790-1804) ham davlat hokimiyatini inoq unvonida boshqarganlar. 25.06.2020 6 Kengash tarkibiga qo'shbegi, mehtar, vazir va otaliqlar kirgan. Inoq va kengash soxta xon nomidan ish yuritgan. Qozoq-chingiz biylaridan soxta xonlar chaqirilib turilgan. Hokimiyat amalda inoq va maxsus kengash tomonidan boshqarilgan. Faqat Avazning o'g'li Eltuzar (1804-1806) hukmronligi davrida chetdan soxta xon chaqirish to'xtatildi. 25.06.2020 7 Nafaqat to'xtatildi, ayni paytda 1804-yildayoq chetdan chaqirilgan soxta xon Abulg'ozini taxtdan tushirib, o'zini xon deb e'lon qildi. Eltuzar Muhammad Rahimxon I davrida Xiva xonligi 25.06.2020 8 Eltuzarxon vafot etgach taxtga uning ukasi Muhammad Rahim I o'tirdi. Muhammad Rahim I Xiva xonligini siyosiy jihatdan birlashtirishga kirishdi. Ayni paytda turkmanlarni bo'ysundirish masalasi yetakchi o'ringa ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.62 MB
Ko'rishlar soni 205 marta
Ko'chirishlar soni 19 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:22 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.62 MB
Ko'rishlar soni 205 marta
Ko'chirishlar soni 19 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga