8-sinf O'zbekiston tarixi dars ishlanma. XVIII-XIX asrlarda qoraqalpoq adabiyoti ravnaqi

8-sinf O'zbekiston tarixi dars ishlanma. XVIII-XIX asrlarda qoraqalpoq adabiyoti ravnaqi

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
8-sinf O'zbekiston tarixi dars ishlanma. XVIII-XIX asrlarda qoraqalpoq adabiyoti ravnaqi - rasmi

Material tavsifi

8-sinf O'zbekiston tarixi fani darsligi asosida 31-mavzu XVII-XIX asrlarda qoraqalpoq adabiyoti ravnaqi Qoraqalpoq yozma adabiyoti XVII asrdan boshlab qoraqalpoq yozma adabiyoti shakllanadi va rivojlana bordi. XVII-XIX asrning birinchi yarmida qoraqalpoq adabiyotining ko'zga ko'ringan qator namoyandalari qalam tebratganlarkim, ularning nomlari bugungi kunda ham ardoqlanadi. Ulardan biri Jiyen Jirov (1730-1784) edi. U mashhur bahshi sifatida kamol topdi. Ayni paytda she'rlar ham bitdi. «Hoy yigitlar, yigitlar», «Xayr endi, do'stlar», «Yuragimda ko'p dog'im», «Tuyani ber» kabi she'rlarida jamiyatdagi nohaqliklarni tanqid qiladi. Jiyen Jirov Jiyen Jirov hajviy she'rlar ustasi ham edi. U «Hoy xonimiz, xonimiz», «Xon yonida to'ralar» kabi hajviy she'rlarida hukmron tabaqalaming kirdikorlarini, xalqqa o'tkazgan jabr-zulmlarini fosh etadi. Qoraqalpoqlar-erksevar xalq. Shuning uchun ham ular doimo o'z erklari uchun ozodlik kurashi olib borganlar. Ma'lumki, qozoq xoni Abulxayrga qarshi olib borilgan urushda qoraqalpoqlar yengilib qolgan edi. Bu mag'lubiyat natijasida ular azob-uqubatlarga duchor etilgan. Xususan, Sirdaryo bo'ylaridagi qoraqalpoqlar har yoqqa tarqab ketganlar. Ularning bir qismi Toshkent atrofiga (Chirchiq bo'ylariga), boshqa bir qismi esa Qizilqum orqali Xorazmga (Orol dengizining janubiy sohillariga) ko'chib ketganlar. Mana shu ko'chishlarning guvohi bo'lgan Jiyen Jirov «Darbadar el» nomli doston yozib, qoraqalpoqlarning mashaqqatli davri tarixini bayon etgan. U «Alpomis», «Qirqqiz», «Qo'blon», «Qurbonbek» dostonlarini mahorat bilan kuylagan. Qoraqalpoq adabiyotining ko'zga ko'ringan vakillaridan yana biri Kunxo'ja Ibrohim (1799-1880) edi. Uning butun umri muhtojlikda o'tgan. Shoirning «O'roqchilar», «Oq qamish», «Cho'ponlar» kabi she'rlari xalq orasida keng tarqalgan bo'lib, ularda qoraqalpoq xalqining Xiva xonligi tobeligiga tushib qolgan davrdagi og'ir ahvoli, erksiz turmushi o'z ifodasini topgan. Ajiniyoz Ajiniyoz Qo'siboy o'g'li (taxallusi Zevar) (1824-1878) qoraqalpoq xalqining atoqli shoirlaridan biridir. Mo'ynoqdagi eski ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.92 MB
Ko'rishlar soni 193 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:22 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.92 MB
Ko'rishlar soni 193 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga