Shimoliy Afrika mamlakatlari 9-sinf Jahon tarixi fani darsligi asosida 33-mavzu Afrikaning shimoliy qismida, Sahroyi Kabirning (Sahara) janubiy chegarasiga qadar aholining ko'pchiligini arablar tashkil etardi. XIX asrning 70-yillariga qadar Afrikaning shimolida va shimoli-sharqida, ya'ni arablar yashovchi hududlarda mutlaq podsholik tuzumlari hukm surardi. XIX asr oxirida Misr va Sudan Buyuk Britaniyaning, Tunis, Jazoir va Marokash Fransiyaning, Marokashning bir qismi Ispaniyaning, Liviya esa Italiyaning mustamlakalariga aylandi. Misrning asoratga solinishi Misrning XIX asr oxiri - XX asr boshlaridagi tarixi Turkiya hukmronligidan ozod bo'lish va inglizlarning mustamlakachilik siyosatiga qarshi kurash bayrog'i ostida o'tgan o'zgarishlar davri bo'ldi. 1871-yilda Jamoliddin al- Afg'oniy Xizb ul-Vatan (Vatan partiyasi) partiyasini tuzdi. Bu partiya chet elliklarga qarshi Misr misrliklarniki shiori ostida kurashdi. Jamoliddin al-Afg'oniy Misr qo'shini rahbarlaridan biri Ahmad Orabibey Qohirada oliy davlat organi - Muvaqqat kengash tuzdi. U 60 ming kishilik qo'shin to'pladi. 1882-yil sentabrda Misr qo'shinlari yengildi. Shunday qilib, Misr Buyuk Britaniya mustamlakasiga aylandi. 188-yilda Istanbulda Suvaysh kanalidan foydalanish bo'yicha Buyuk Britaniya, Germaniya, Ispaniya, Italiya, Rossiya, Turkiya, Fransiya davlatlari konvensiya imzolashdi. Suvaysh kanali Mahdiylar qo'zg'oloni 1882-yilda Xartumga misrlik Abdul Qodir general-gubernator etib tayinlandi. U mahdiylar harakatini bostirishga urindi. Lekin, mag'lubiyatga uchradi. Abdul Qodir 1883-yili general Xiks boshliq ingliz qo'shini Sudan ansorlari tomonidan qirib tashlandi. 1884-yili inglizlar Sudanga general Gordon boshchiligida harbiy qism yuborishdi. Efiopiya - Sudan urushida ko'p qon to'kildi. 1889-yilda Efiopiya imperatori Menelik sudanliklar foydasini ko'zlovchi bitimni imzolashga majbur bo'ldi. Menelik 1883-yil Tunisda Fransiya hukmronligi o'rnatildi. Bungacha Fransiya Jazoirni ham egallagan edi. Jazoirda XIX asr oxirida 300 mingdan ortiq fransuz yashardi. 1905-1906-yillarda Jazoirda mustamlaka zulmiga qarshi kurash boshlandi. ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 19:53:32
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.78 MB
Ko'rishlar soni
340 marta
Ko'chirishlar soni
29 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:25
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 19:53 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.78 MB
Ko'rishlar soni
340 marta
Ko'chirishlar soni
29 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:25 ]
Arxiv ichida: pptx