XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Eron 9-sinf Jahon tarixi fani darsligi asosida 30-mavzu XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Eron dunyo sarmoyador davlatlarining yarimmustamlakasiga aylandi. Erondagi mustabid hokimiyat yirik yer egalari, viloyat hokimlari hamda urug'larning xonlariga tayanar edi. Eronda sanoatning burjualashuvi sust kechdi. Eronga kapital chiqarish bo'yicha Buyuk Britaniya birinchi o'rinda edi. 1872-yili Eron neft konlaridan foydalanish, tosh va temiryo'l qurish konsessiyalari olindi. 1889-yili ingliz monopolisti Reyter Eronda Shahanshohbank ochishga erishdi. Shartnomaga ko'ra, bank qog'oz pullar chiqarish va mamlakat yerosti boyliklaridan erkin foydalanish huquqini oldi. Birinchi jahon urushi arafasida Eron Buyuk Britaniyadan 9,6 million funt sterling qarz bo'lib qoldi. Eronni qaram qilishda Rossiya ham ishtirok etdi. Birinchi jahon urushi arafasida Eronning Rossiyadan qarzi 164 million rublni tashkil etdi. Eron inqilobi Ichki ijtimoiy ziddiyatlar, tashqi iqtisodiy va siyosiy siquvlar Eronda 1905-yili inqilobiy harakat boshlanishiga sabab bo'ldi. Tabrizda Eron tarixida birinchi parlament - Majlis tuzildi. Majlis Eron sotsial-demokratlari ta'siri ostida edi. 9-sentabrda shoh xalq tazyiqi bilan Majlisga saylovlar o'tkazish haqida farmon chiqardi. 1906-yilda Majlisga saylov o'tkazildi. Shoh Muzaffariddin konstitutsiyaning birinchi qismini tasdiqladi. 1907-yilda shoh Muzaffariddin vafot etgach, taxtga mustabid tuzum tarafdori, yangilikka qarshi Muhammad Alishoh o'tirdi. U inqilobiy o'zgarishlarga qarshi kurashni rejalashtirdi. Muhammad Alishoh Eronda konstitutsiyaviy tartibni saqlab turishga majbur etdi. Shu bilan 1905-1907-yillardagi Eron inqilobining birinchi bosqichi tugadi. 1907-1911-yillar Eron inqilobining ikkinchi davri deyiladi. Harakat endi, asosan, mustamlakachilarga qarshi qaratildi. 1907-yilda Buyuk Britaniya-Rossiya bitimi imzolandi. Bitimga ko'ra, Eron uch qismga bo'lindi. Savol va topshiriqlar: 1. Eron qay tariqa Buyuk Britaniya va Rossiyaning iqtisodiy hamda siyosiy ta'siriga tushib qoldi? ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 19:53:32
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.97 MB
Ko'rishlar soni
458 marta
Ko'chirishlar soni
42 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:25
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 19:53 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.97 MB
Ko'rishlar soni
458 marta
Ko'chirishlar soni
42 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:25 ]
Arxiv ichida: pptx