9-sinf Jahon tarixi dars ishlanma. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Fransiyada iqtisodiy va siyosiy hayot

9-sinf Jahon tarixi dars ishlanma. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Fransiyada iqtisodiy va siyosiy hayot

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
9-sinf Jahon tarixi dars ishlanma. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Fransiyada iqtisodiy va siyosiy hayot - rasmi

Material tavsifi

XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Fransiyada iqtisodiy va siyosiy hayot 9-sinf Jahon tarixi fani darsligi asosida 5-mavzu XIX asr so'nggi choragida Fransiyaning iqtisodiy taraqqiyoti sekinlashdi. Dunyoda sanoat ishlab chiqarish hajmi bo'yicha ikkinchi o'rindan to'rtinchi o'ringa tushib qoldi. Fransiyaning hamon mayda tovar ishlab chiqaruvchilar davlati bo'lib qolayotganligi import hajmining eksportdan ortiq bo'lishiga olib kelgan. Fransiya tabiiy boyliklari kam davlat edi. Uchinchidan, Prussiya bilan bo'lgan urush Fransiyaga juda katta moddiy talafot yetkazdi. Prussiya bilan urush tugagach, hukmron doiralar o'rtasida hokimiyat uchun kurash kuchayib ketdi. Ularni shartli ravishda ikki guruhga bo'lish mumkin edi. Birinchisi - monarxiya tarafdorlari, Ikkinchisi - Respublika tarafdorlari edi. 1873-yilda Germaniyaga tovon to'lab bo'lindi. Nihoyat, Germaniya o'z qo'shinlarini Fransiyadan olib chiqib ketdi. Milliy Majlisda ko'pchilikni tashkil etgan monarxiyachilar o'z nomzodlarini ikki marta prezidentlikka saylagan bo'lsalar-da, monarxiyani tiklashga urinishi natijasiz tugadi. 1875-yil Uchinchi Respublika Konstitutsiyasi qabul qilindi. Unga ko'ra, prezidentlik lavozimi saqlab qolindi. Uning vakolat muddati 4 yil etib belgilandi. Parlament har ikki palatasining qo'shma yig'ilishi 7 yil muddatga mamlakat prezidentini saylar edi. Ijroiya hokimiyat prezidentga va hukumatga tegishli edi. Prezident vazirlarni tayinlash, Respublika nomidan tashqi siyosat yuritish, shuningdek, urush e'lon qilish va sulh tuzish, umumiy afv e'lon qilish kabi vakolatlarga ega edi. Hukumat a'zolarini prezident tayinlasa-da, ular parlament oldida javobgar edi. Marselyeza qo'shig'i mamlakat madhiyasi etib belgilandi. Buyuk fransuz inqilobi boshlangan (1789-yil) 14-iyul fransuz xalqining Milliy bayram kuni deb e'lon qilindi. O'sha davr uchun katta ahamiyatga ega bo'lgan qator huquq va erkinliklar e'lon qilindi. Lekin, xotin-qizlarga saylov huquqi berilmadi. Savol va topshiriqlar 1. Qanday sabablarga ko'ra XIX asr ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.7 MB
Ko'rishlar soni 235 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:25 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.7 MB
Ko'rishlar soni 235 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga