9-sinf Jahon tarixi dars ishlanma. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Germaniya va Imperiya

9-sinf Jahon tarixi dars ishlanma. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Germaniya va Imperiya

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
9-sinf Jahon tarixi dars ishlanma. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Germaniya va Imperiya - rasmi

Material tavsifi

XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Germaniya. Imperiyaning tashkil topishi 9-sinf Jahon tarixi fani darsligi asosida 8-mavzu Yuqorida aytilganidek, Fransiya-Prussiya urushi davom etayotgan bir paytda, 1871-yilning 18-yanvarida barcha german davlatlarining monarxlari Versalda to'planib, Prussiya qiroli Vilgelm I ni Germaniya imperatori deb e'lon qildilar. Vilgelm I Germaniya hududining 23 qismida joylashgan, aholisining esa 60%i yashayotgan Prussiya monarxiyasi yetakchiligida Germaniyaning birlashuvi tugallandi. Yagona va yaxlit Germaniya imperiyasi barpo etildi. 1871-yil imperiya reyxstagi umumgerman konstitutsiyasini qabul qildi. Germaniya imperiyasi ittifoqchilar davlati bo'lib qoldi. Elzas-Lotaringiya imperiya tarkibiga hokim (shtatgalter) tomonidan idora qilinadigan maxsus imperiya viloyati bo'lib kirdi. Hokimni imperatorning o'zi tayinlardi. Imperiyaga kirgan ayrim davlatlar o'z konstitutsiyalari va parlamentlarini (landtaglarini) saqlabqoldi. Konstitutsiyada birlashgan Germaniyada Prussiya gegemonligi mustahkamlab qo'yildi. 1871-yil konstitutsiyasiga binoan, imperator bir vaqtning o'zida Prussiya qiroli ham hisoblanardi. Germaniyaning birinchi imperiya kansleri lavozimiga Otto fon Bismark tayinlandi. Bismark Germaniya tarixida Temir kansler laqabi bilan nom qoldirdi. U davlat boshqaruvida katta tajribaga ega bo'lib, deyarli 20 yil davomida (1871 - 1890) mamlakat hukumatini boshqardi. Otto fon Bismark Germaniyaning iqtisodiy taraqqiyoti 70-80-yillarda Germaniya iqtisodi gurkirab rivojlana boshladi. Uning sanoat mahsulotlari barcha qit'a davlatlari bozorlariga kirib bordi. Bosh omil - Germaniyaning birlashtirilganligi edi. Bu birlashuv tufayli yagona ichki bozor vujudga keldi. Germaniya puli Ya'ni bojxona to'siqlari olib tashlandi. Yagona pul, o'lchov va og'irlik birliklari joriy etildi. Germaniyada toshko'mir koni og'ir sanoati rivojida muhim ahamiyatga ega bo'ldi. 1914-yilga kelib, Germaniyada sanoat ishlab chiqarishi 1871-yilga nisbatan 7 marta ko'paydi. Sanoat ishlab chiqarish hajmi jihatidan Germaniya dunyoda AQSHdan keyin ikkinchi o'rinni egalladi. Qishloq xo'jaligi ham tez sur'atlar bilan ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.97 MB
Ko'rishlar soni 251 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:25 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.97 MB
Ko'rishlar soni 251 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga