XIX asr oxiri - XX asr boshlarida kapitalizm taraqqiyotida yuz bergan tub o'zgarishlar 9-sinf Jahon tarixi fani darsligi asosida 1-mavzu XIX asr oxiri - XX asr boshlarida kapitalizm taraqqiyotida yangi bosqich - monopolistik kapitalizm deb ataluvchi bosqich qaror topdi. Monopolistik kapitalizm - bu kapitalizmning iqtisodiy hayotida monopoliyalar vujudga kelgan, moliya oligarxiyasi shakllangan, siyosiy hayotda esa ularning jamiyat hayoti ustidan hukmronligi o'rnatilgan bosqichidir. Ishlab chiqarish sohasida monopoliyalarning vujudga kelganligi. Monopoliya - ishlab chiqarish yoki savdoning bir sohasida yakka hukmronlikni egallab olgan ulkan korxona yoki shunday korxonalar birlashmasidir. 1893- yilda Germaniyada tashkil topgan Reyn-Vestfaliya ko'mir sindikati mamlakatda qazib olinadigan va sotiladigan ko'mirning asosiy qismini o'z qo'lida to'plagan. XIX asr oxirida Germaniyada monopoliyalar soni 250 tadan ortiq bo'lgan bo'lsa, AQSHda esa 185 ta monopoliya faoliyat ko'rsatgan. Moliya oligarxiyasining vujudga kelganligi. Juda katta moliyaviy qudratga va o'z mamlakatida ulkan siyosiy ta'sirga ham ega bo'lgan moliyaviy markazlar - bank-gigantlar (yirik banklar) vujudga keldi. XX asr boshlarida shunday banklar Fransiyada uchta, AQSHda esa ikkita edi. moliya kapitalini vujudga eltirdi. Po'lat, neft, gazeta va boshqa soha qirollarining juda katta bank-sanoat imperiyalari paydo bo'ldi. Bank kapitali bilan sanoat kapitalining birlashib ketishi kapitalning yangi shaklin Chetga kapital chiqarish muhim ahamiyat kasb etdi. Monopoliyalar, moliya oligarxiyasi foydani ko'paytirishga harakat qilib, chetga endi tovarlarni emas, balki kapital chiqarishga alohida ahamiyat bera boshladilar. Eng yirik monopoliyalar, moliya oligarxiyasining turli guruhlari bozorlar, xomashyo manbalari ustidan nazorat o'rnatishga intilganlar. Shu tariqa, xalqaro monopoliyalar vujudga kelgan. 1910 - yilda ularning soni 100 taga yetgan. 1907-yilda esa, g'oyat ulkan monopoliyalar - Umumiy elektr kompaniyasi (AQSH) bilan ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 19:53:32
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
5.23 MB
Ko'rishlar soni
200 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:25
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 19:53 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
5.23 MB
Ko'rishlar soni
200 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:25 ]
Arxiv ichida: pptx