Turkiya REJA: Turkiya davlat tuzumi Turkiya tabiati Turkiya aholisi Turkiya tarixi O'zbekiston - Turkiya munosabatlari Turkiya davlat tuzumi Turkiya (Tiirkiye), Turkiya Respublikasi (Turkiye Cumhuriyeti) - Osiyoning g'arbiy qismi va Yevropaning jan.sharqiy qismida joylashgan davlat. Hududining 97% Kichik Osiyo ya.o. (Anadolu)da, 3% Yevropa(Sharqiy Frakiya)da. Shim.dan Qora dengiz, g'arbdan Egey dengizi, jan.dan O'rta dengiz bilan o'ralgan. Egey dengizidagi bir qancha orol ham T.ga qarashli. Mayd. 814578 km2. Aholisi 69,6 mln. kishi (2003). Poytaxti - Anqara sh. Ma'muriy jihatdan 81 el (viloyat)ga, ellar elchalarga bo'linadi. Davlat tuzumi. T. - Respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1982 y.da qabul qilingan (bir necha marta tuzatish va qo'shimchalar kiritilgan). Davlat boshlig'i - prezident (200 y.dan Axmet Nejdet Sezer), u Buyuk Millat Majlisi tomonidan yashirin ovoz berish yo'li bilan 7 y. muddatga saylanadi va yana 1 marta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi oliy parlament - T. Buyuk Millat Majlisi. Oliy ijroiya hokimiyati hukumat bo'lib, uni Bosh vazir (Bosh boqon) boshqaradi. Bosh vazirni prezident deputatlar orasidan tayinlaydi. Turkiya tabiati Tabiati. T. tabiati nihoyatda rangbarang va jozibador. Relyefining aksari tog' va yassitog'lik; shim. va jan. sohillarga parallel ravishda yastangan tog' tizmalari orasida keng va ochiq tekislik, qir, ko'l, plato va daryolar mavjud. Shim.da Qora dengiz sohiliga yondosh ravishda Shim. Anadolu yassitog'lari, jan.da Toros tog'lari, Marmar dengizi tomonda Somonli, Ulutog', Istranja va Tekirtog'lar, Egey dengizi tomonda Qozaq, Yunt va Oydin tog'lari, O'rta Anadoluda Qiziltog', Raman va So'f tog'lari, Sharqiy Anadoluda Ag'ri tog'lari (bu tog'da T.ning eng baland nuqtasi bo'lgan Buyuk Ag'ri cho'qqisi - 5137 m) qad ko'targan. T. hududi seysmik jihatdan faol zonada joylashgan. T. yer ostida xromit, borat, boksit, volfram, simob, surma, mis, toshko'mir, neft, marganets, temir va b. bor. Iqlimi subtropik, g'arbiy va jan. sohillari iliq, yog'in ko'p, ichki mintaqada yoz issiq va quruq, qish sovuq, qor ko'p yog'adi. Yanv.ning o'rtacha trasi pasttekisliklarda 5-10° dan ichki yassitog'liklarda -15° gacha, sharqdagi tog'liklarda -35° gacha sovuq bo'ladi. Iyulning o'rtacha trasi dengiz sohillarida 22-32°, Jazira platosida 30° (gohr 40° dan ziyod). Yillik yog'in o'rtacha 100-300 mm. Yirik ko'llari: Van, Tuz, Beyshehir, Eyirdir. Daryolari: Qizil Irmoq, Furot, Saqarya, Araks, Dajla, Yashil Irmoq, Jeyxan. Tuprog'i ichki yassitog'liklardagi cho'llarda asosan bo'z va och qo'ng'ir tuproqdan, quruq dashtlarda kashtan, sohillarda jigar rang tuproq, botiqlar tubi esa sho'rxok tuproqdan iborat. Tavr va Sharqiy Pontiya tog'larida doim yashil va igna bargli o'rmonlar, tog'larning baland qismida all o'tloqlari mavjud. Jazira platosi shuvoqboshoqli o'tlar o'sadigan chala cho'ldan iborat. Tog'larda yovvoyi qo'yechkilar, to'ng'iz, bo'ri, chiyabo'ri, ayiq va b.lar yashaydi. Turkiya aholisi Aholisining 90% ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 19:53:32
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.16 MB
Ko'rishlar soni
233 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:16
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 19:53 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.16 MB
Ko'rishlar soni
233 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:16 ]
Arxiv ichida: pptx