XIX asr oxiri-XX asr boshlarida podsho Rossiyasining ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy ahvoli 9-sinf Jahon tarixi fani darsligi asosida 19-mavzu Rossiya bu davrda cheklanmagan monarxiya bo'lib, butun hokimiyat podsho qo'lida to'plangan edi. Podsho hokimiyatining asosiy tayanchi pomeshiklar hamda pravoslav cherkovi edi. Podsho xonadonining o'zi eng katta pomeshik bo'lib, 7 mln. desyatina (1 desyatina = 1,1 gektar) yerga egalik qilardi. Iqtisodiy ahvol Rossiya agrar-industrial davlat edi. Mamlakat aholisining 85%i qishloqlarda yashardi. Podsho Rossiyasida kapitalizm shiddat bilan rivojlanib bordi. Chet el kapitalining kirib kelishi tufayli og'ir sanoat tezlik bilan ilgariladi. Rossiya qora metallurgiyasida Prodmet, ko'mir sanoatida Produgol nomli yirik monopoliyalar vujudga keladi. Rossiya qishloq xo'jaligi ham sekinlik bilan bo'lsa-da, taraqqiy etdi. Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini eksport qilishi ham o'sdi. Asosiy eksport mahsuloti - g'alla edi. Rossiyada kapitalizm taraqqiy etishi bilan moliya kapitali ham vujudga keldi. Peterburg xalqaro banki, Azov-Don va Rus-Osiyo banklari mamlakat hayotida yetakchi rol o'ynay boshladi. Azov-Don banki Ichki siyosat Rossiya imperiyasi tarkibida 100 dan ortiq millat va xalq yashar edi. Ularning hududlari turli asrlarda, turli tarixiy sharoitlarda Rossiya tomonidan istilo etilgan. 1904-yildagi Rossiya-Yaponiya urushi xalq ommasining turmush darajasini yanada og'irlashtirib yubordi. Oxir-oqibat, bu - 1905-yilda inqilob yuz berishiga olib keldi. Podsho 1906-yilda agrar islohot o'tkazish va dehqonlarni ko'chirish to'g'risida farmon chiqardi. Bu islohot bosh vazir P.A. Stolipin tashabbusi bilan bog'liq bo'lganligi uchun u tarixga Stolipin agrar islohoti nomi bilan kirgan. P.A. Stolipin Unga ko'ra, dehqonlarning o'z xususiy yeriga ega bo'lishi masalasining quyidagi 3 usul orqali amalga oshirilishi mo'ljallandi: - yer tanqisligi kuchli bo'lgan markaziy mintaqalardagi dehqonlarning bir qismini Sibir, Turkiston, Uzoq Sharq ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 19:53:32
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.73 MB
Ko'rishlar soni
181 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:25
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 19:53 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.73 MB
Ko'rishlar soni
181 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:25 ]
Arxiv ichida: pptx