Birinchi jahon urushining boshlanishi va uning turkistonga ta'siri 9-sinf O'zbekiston tarixi fani darsligi asosida 29-mavzu Birinchi jahon urushining Turkistonga ta'siri XX asrning boshlarida jahondagi yirik davlatlarning mustamlakalarga ega bo'lish masalasida o'zaro munosabatlari keskin ko'rinish oldi. Birinchi jahon urushida Rossiya, Angliya va Fransiya davlatlaridan iborat ittifoq - Antanta tomonida turib urushda qatnashdi. Rossiya imperiyasining Birinchi jahon urushida ishtirok etishi uni iqtisodiy jihatdan yomon ahvolga solib qo'ydi. Busiz ham G'arbiy Yevropadavlatlaridan taraqqiyoti ancha orqada qolib ketgan Rossiya urush tufayli yanada nochor ahvolga tushib qoldi. Natijada podsho hukumati o'z mustamlakalaridan, jumladan, Turkiston o'lkasidan ham yanada ko'proq foyda olish uchun ularning tabiiy boyliklarini ko'proq o'zlashtirishga jon-jahdi bilan kirishdi. Mahalliy aholidan esa arzon mehnat kuchi sifatida foydalanishga harakat qildi. Bu urush tufayli Rossiyada ommaviy safarbarlik e'lon qilindi. Safarbarlik Rossiyaning mustamlakalariga ham, jumladan, Turkistonga ham tegishli edi. Unga ko'ra Turkiston o'lkasidan urushga 19 yoshdan 43 yoshgacha bo'lgan aholining yevropalik qismi vakillari chaqirildi. Turkiston o'lkasidagi Rossiya gubernalaridan ko'chirib keltirilganlarning oilalari uchun qiyinchilik tug'dirdi. asosiy ishchi kuchi bo'lgan erkaklarning urushga olinishi oilaning asosiy boquvchisidan ajralishiga va ularning yomon ahvolga tushishiga sabab bo'ldi. 1914-yilda Turkistonda «favqulodda muhofaza holati» deb e'lon qili-nishi natijasida mustamlaka hukumatning mahalliy aholi ustidan nazorat va jazo choralari kuchaydi. Turkiston aholisi urushga safarbarlik e'lon qilinishiga qarshi chiqib, «favqulodda holat» tartiblariga rioya etmay qo'ydilar. Temiryo'lda bosh-boshdoqlik hukmron bo'lib, amalda esa u harbiy davr yuklarini tashir edi. Urush davomida qishloq xo'jaligi vayron bo'ldi, ekin maydonlari qisqarib ketdi, qishloqda ishchi kuchlar yetishmas edi. Butun xo'jalik aloqalari izdan chiqqan. Rossiya iqtisodiyoti urush va bunday ko'lamdagi harbiy harakatlar uchun zaif ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 19:53:32
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.72 MB
Ko'rishlar soni
333 marta
Ko'chirishlar soni
67 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:26
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 19:53 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.72 MB
Ko'rishlar soni
333 marta
Ko'chirishlar soni
67 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:26 ]
Arxiv ichida: pptx