Insert LOGO 9-sinf O'zbekiston tarixi fani darsligi asosida 25-mavzu INSERT THE TITLE OF YOUR PRESENTATION HERE Jаdidchilik hаrаkаtining vujudgа kеlishi O'rta Osiyoda Jadidchilik harakatining vujudga kelish shart-sharoitlari Rossiya imperiyasi tomonidan O'rta Osiyo xonliklarining zabt etilishi ushbu hududning tanazzulga yuz tutishiga, jahonning rivojlangan davlatlaridan ko'p sohalarda orqada qolib ketishiga, milliy qadriyatlarning toptalishiga olib keldi. Maorif sohasida ham imperiya manfaatlaridan kelib chiqib, mahalliy aholini savodsizlikda, qoloqlikda tutib turishga qaratilgan siyosat olib borildi. Turkistonda mustamlakachilikka qarshi milliy-ozodlik harakatlari bilan bir qatorda mahalliy aholining aksariyat qismi o'zlikni saqlab qolish, milliy madaniyatni asrash va rivojlantirishni bir kun bo'lsa ham unutmadi. O'rta Osiyoga nisbatan Rossiya imperiyasining harbiy jihatdan ustunligi mahalliy aholining ochiqdan ochiq kurash olib borishiga imkon bermadi. Shuning uchun ham Vatan, millat, xalq qayg'usini tushungan kishilar, ayniqsa, ziyolilar xalqni ozodlikka eltuvchi yo'l bu - xalqni ma'rifatli qilish deb bildi. Jadidchilik harakatining vujudga kelishi Har bir jamiyatdagi o'zgarishlar o'z davrining tarixiy sharoitidan kelib chiqib namoyon bo'ladi. Bu o'zgarishlarda tarixiy shaxslar, ayniqsa, ziyolilarning o'rni katta bo'lib, ularning har biri o'ziga xos ilg'or g'oyalarni ilgari suradi. Ziyolilar jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilish yo'llarini topishga harakat qiladi. Xuddi shunday jarayon XIX asrning ikkinchi yarmida Rossiya imperiyasi tarkibiga kirgan Qrim, Kavkazorti, Turkiston, protektoratga aylantirilgan Buxoro amirligi va Xiva xonligida ham ro'y berdi. Qrim-tatar ma'rifatparvari bo'lgan Ismoil G'aspirali (1851-1914) butun turkiy xalqlar o'rtasida yoyilgan jadidchilik harakatining asoschisi hisoblanadi. Ismoil G'aspirali U diniy va dunyoviy bilimlarni chuqur egallab, jahon taraqqiyoti bilan yaqindan tanishgan, bir nechta xorijiy tillarni, turli xalqlarning madaniyatini o'rgangan edi. O'zi egallagan bilimlar asosida Sharq va G'arb dunyosini taqqoslab, turkiy ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 19:53:32
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.38 MB
Ko'rishlar soni
210 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:26
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 19:53 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.38 MB
Ko'rishlar soni
210 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:26 ]
Arxiv ichida: pptx