9-sinf O'zbekiston Tarixi dars ishlanma. Turkiston o'lkasida Rossiya imperiyasining yer-suv siyosati

9-sinf O'zbekiston Tarixi dars ishlanma. Turkiston o'lkasida Rossiya imperiyasining yer-suv siyosati

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
9-sinf O'zbekiston Tarixi dars ishlanma. Turkiston o'lkasida Rossiya imperiyasining yer-suv siyosati - rasmi

Material tavsifi

Turkiston o'lkasida Rossiya imperiyasining yer-suv siyosati 9-sinf O'zbekiston tarixi fani darsligi asosida 14-mavzu Qishloq xo'jaligidagi o'zgarishlar 21.08.2020 2 O'rta Osiyo iqtisodiyotida qishloq xo'jaligi yetakchi o'rin tutgan. Rossiya imperiyasi agrar hudud hisoblangan Turkiston o'lkasida yer-suvdan foydalanishni to'liq o'z nazoratiga olish va ulardan olinadigan soliqlarning o'z vaqtida to'planishidan manfaatdor edi. 1886-yildagi «Nizom»ning «Turkiston o'lkasining yer tuzilishi» degan bo'limida o'lkada tarixan shakllanib kelgan an'anaviy yerga egalik qilish munosabatlari o'zgartirib yuborildi. 21.08.2020 3 Vaqf yerlari (masjid, madrasa va boshqa diniy muassasalarga tegishli yerlar) ayni vaqtda yashab va yerga ishlov berayotgan kishilarga ijaraga berilar edi. 21.08.2020 4 Yangi vaqf hujjatlarini tasdiqlash faqat general-gubernator roziligi bilan bu yerlarni davlat soliqlari va majburiyatlaridan ozod qilmasdan amalga oshirilgan. Masjid tasarrufidan tashqarida, xususiy shaxs ixtiyorida bo'lgan yerlar ham davlat solig'iga tortiladigan bo'ldi. 21.08.2020 5 Vaqf hujjatlarini e'tirof etish, vaqf daromadlarining to'g'ri ishlatilishi ustidan nazorat qilish va ularni taftish qilish huquqi viloyat ma'muriyati ixtiyoriga o'tkazildi. Bu vaqtgacha vaqf mulkidan olingan daromadlar maktablar, madrasalar va masjid binolarini ta'mirlashga, xodimlarini moddiy ta'minlashga, diniy marosimlarni bajarishga, kerakli buyumlar olishga (gilam, joynamoz, diniy kitob) va boshqa tadbirlarga sarflanar edi. 21.08.2020 6 Vaqf mulklarini nazorat qilish mustamlakachi hukumat vakillari qo'liga o'tishi bilan masjidlar va maktablarning moddiy ahvoli yomonlashdi. 21.08.2020 7 Mustamlakachi hukumat bu bilan mahalliy din peshvolari, ulamolar va diniy muassasalarga zarba berishga harakat qildi. Rossiyaning O'rta Osiyoga ko'chirilish siyosati 21.08.2020 8 Rossiya imperiyasi tomonidan O'rta Osiyoni imperiyasining ajralmas bir qismiga aylantirish va o'lkada doimiy hukmron bo'lib qolish maqsadida Sibir va Kavkaz hududlaridagidek mustamlakachilik siyosati olib borildi. Ko'chirish siyosati bilan shug'ullanish o'lka ma'muriyati zimmasiga yuklatilgan. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx, docx
Fayl hajmi 2.03 MB
Ko'rishlar soni 331 marta
Ko'chirishlar soni 19 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:26 Arxiv ichida: pptx, docx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx, docx
Fayl hajmi 2.03 MB
Ko'rishlar soni 331 marta
Ko'chirishlar soni 19 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx, docx
Tepaga