9-sinf O'zbekiston tarixi dars ishlanma. Turkistonda 1916-yilgi qo'zg'olonning boshlanishi

9-sinf O'zbekiston tarixi dars ishlanma. Turkistonda 1916-yilgi qo'zg'olonning boshlanishi

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
9-sinf O'zbekiston tarixi dars ishlanma. Turkistonda 1916-yilgi qo'zg'olonning boshlanishi - rasmi

Material tavsifi

Turkistonda 1916-yilgi qo'zg'olonning boshlanishi 9-sinf O'zbekiston tarixi fani darsligi asosida 30-mavzu Qo'zg'olonning boshlanish sabablari Imperator Nikolay II front ortidagi xizmatlar uchun aholining mardikorlikka olinishi to'g'risidagi farmoniga muvofiq Turkiston o'lkasining Sirdaryo viloyatidan 87 ming, Samarqanddan 38 ming, Farg'onadan 50 ming kishini mardikorlikka yuborish belgilandi. Belgilangan miqdorlar viloyatlar bo'yicha aholi o'rtasida taqsimlandi. Farg'ona viloyatida belgilangan mardikorlarni to'plash uchun viloyatdagi xonadonlarning har beshtasidan bir kishini olishga to'g'ri kelgan. Xalq bundan qattiq norozi bo'lgan. Turkiston erkaklarining o'z oilasini tashlab ketishi ularni ochlikka mahkum etdi. Ayniqsa, qishloq aholisining safarbar qilinishi qishloq xo'jaligini inqirozga olib keldi. Mardikorlikka boradiganlarning ro'yxatini tuzishda Turkiston mahalliy ma'muriyati vakillari adolatsizliklarga yo'l qo'ydilar. Hatto oilada bir nechta erkak bo'lishiga qaramasdan badavlat xonadon vakillari pora berib ro'yxatga yozilmasdi. Mahalliy aholi o'rtasida mardikorlikka olishga qarshi keng ommaviy chiqishlar boshlanib ketdi. 1916-yil da mardikorlikka olinadiganlar ro'yxatini tuzadigan mahalliy boshqaruv vakillari tomonidan aholini zo'rlash, tazyiq o'tkazish kabi holatlar avj oldi. 1916 yil Toshkentdagi qo'zg'olon. Norozilik harakatlarida dehqonlar, hunarmandlar, mayda savdogarlar, ishchilar va aholining boshqa ijtimoiy qatlamlari vakillari ishtirok etdi. Mardikorlikka qarshi harakatlarning keng ommaviy tus olishidan mustamlaka hukumati, o'lka va viloyat ma'murlari havotirga tushdi. Lekin markaziy hokimiyat viloyat gubernatori A. Gippiusning havotiri va g'alayonlarning oldini olish to'g'risidagi ma'lumotlarini «podsho farmonlarini bajarmaslik, kechiktirish, qarshi chiqish» deb hisoblab, uni viloyat gubernatori lavozimidan ozod qiladi. A. Gippius 1916-yil 4-iyulda Xo'jand shahrida norozilik bildirib ko'p sonli aholi yig'ildi. Ular mardikorlikdan bosh tortdilar. 5-iyulda Samarqandning Urgut qishlog'ida, keyinchalik Siyob, Mahalla, Xo'ja Ahror, Angorda, 7 -iyulda Dahbedda norozilik chiqishlari bo'lib o'tdi. Qo'zg'olonning Turkiston bo'ylab tarqalishi Mardikorlikka qarshi qaratilgan norozilik harakatlari bir necha ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.96 MB
Ko'rishlar soni 500 marta
Ko'chirishlar soni 101 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:26 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.96 MB
Ko'rishlar soni 500 marta
Ko'chirishlar soni 101 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga