Turkistonda sud tizimi va harbiy politsiya tartibotining o'rnatilishi 9-sinf O'zbekiston tarixi fani darsligi asosida 15-mavzu Sudlov tizimining mustamlaka manfaatlariga moslashtirilishi Turkiston o'lkasida imperiya manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan tadbirlardan yana biri bu sud tizimi bo'lgan. Xonlik davrida qozilarning chiqargan qaroridan norozi bo'lganlar qozikalonga murojaat qilgan. Podsho hukumati tomonidan dastlab o'lkadagi mavjud sud tizimidagi qozikalon lavozimi tugatilib, barcha qozilarning huquqi tenglashtirildi. Sud tizimida amalga oshirilgan siyosatda qozi va biy sudlari oxir-oqibat tugatilishi hamda ungacha faqat kichik ko'rinishdagi sud ishlarini, ya'ni asosan, oilaviy mojarolar, kishilar o'rtasida janjal va kelishmovchiliklarni ko'rib turishi maqsad qilib olingan edi. 1867-yilgi «Nizom» loyihasi bo'yicha o'lkada qozilar va biy sudlari, uyezd sudlari, muvaqqat harbiy-sudlov komissiyalari, viloyat boshqaruvining sud bo'limlari va general-gubernatorlik Devonining sudlov bo'limi tashkil qilindi. Sud organlarining faoliyati Sud ishlarida mahalliy aholining o'troq qismi uchun qozi sudlari, ko'chmanchi aholisi uchun esa biy sudlari, volost boshliqlari, qishloq oqsoqollari, ovul boshliqlari va ularning yordamchilari aholi tomonidan uch yil muddatga saylangan. Rossiya imperiyasi yerlik aholiga o'z ta'sirini kuchaytirish uchun 1866-yil Toshkentda mahkama joriy qiladi. Uning tarkibiga mahalliy aholi vakillaridan saylangan qozi va 7 nafar a'lam kirgan. Qozi sudlarining vakolatlariga da'vo hajmi 100 rubldan oshmaydigan jinoyat va fuqarolik ishlarini ko'rib chiqish kirgan. Yirik da'volar esa qozilar va biylar qurultoyida ko'rib chiqilgan. Bu yig'ilishlar xalq sudyalari qurultoyi deb atalgan. Qozilar aholining soniga qarab belgilangan. Toshkent shahrida to'rt dahaning har birida bittadan to'rtta qozi, Samarqand shahrida ikkita qozi, volost larda bittadan qozi bo'lgan. Toshkent shahri qozilari XIX asrning oxirida sudlov jarayonlaridagi o'zgarishlar O'rta Osiyo mustamlakaga aylantirilgandan so'ng boshqa sohalar singari sud tizimi ham bosqichma-bosqich ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 19:53:32
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.71 MB
Ko'rishlar soni
469 marta
Ko'chirishlar soni
30 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:26
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 19:53 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.71 MB
Ko'rishlar soni
469 marta
Ko'chirishlar soni
30 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:26 ]
Arxiv ichida: pptx