9-sinf O'zbekiston tarixi fani darsligi asosida 38-mavzu Ta'lim tizimi. Matbuot An'anaviy ta'lim muassasalari XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asrning boshlarida Turkiston o'lkasida uzoq tarixiy davr mobaynida shakllanib rivojlangan ta'lim tizimi davom etdi. Mustamlaka davrigacha Turkistonda an'anaviy ta'lim tizimi islom dini qoidalari asosida tashkil qilingan bo'lib, maktab va madrasalarda diniy ta'lim bilan birga dunyoviy fanlar ham o'qitilgan. An'anaviy maktabda ta'lim Boshlang'ich ta'lim maktablarda 5-6 yil davomida o'qitilib, arab alifbosi, harfarning o'qilishi, talafuzi o'rgatilgan. Keyingi bosqichda Qur'on suralari va oyatlaridan iborat bo'lgan «Haftiyak» (ya'ni Qur'oni Karimning yettidan biri) kitobi o'qitilgan. Oliy ta'lim madrasalarda berilib, unda diniy-huquqiy bilimga ega bo'lgan mutaxassis tayyorlangan. Ayollar alohida o'qitilib, ularga Qur'oni Karim, oila masalalari, odob-axloq va tarbiyadan saboq beruvchi otinlar ta'lim berganlar. Rus-tuzem maktablari Rossiya imperiyasining turli gubernalaridan Turkistonga ko'chirib keltirilganlarning bolalariga ta'lim berish orqali ma'muriyat vakillari bilan mahalliy aholi o'rtasida vositachilik qiladigan tarjimonlarni tayyorlash ko'zda tutilgan. Shu bilan birga bu maktablar orqali tub joy aholisi o'rtasida rus madaniyatini keng yoyishga xizmat qiladigan ta'lim tizimini yaratishga harakat qilindi. Bu vazifani bajarishga Turkiston general-gubernatori G. Rozenbax (1884-1889) astoydil kirishdi. U boshlang'ich maktablar, rus-tuzem maktablari tarmog'ini yaratish loyihasini ishlab chiqdi. G. Rozenbax Birinchi rus-tuzem maktabi 1884-yilda Toshkentda Saidg'ani Saidazimboy uyida ochiladi. Undan o'rnak olib, boshqa davlatmand kishilar ham o'z uylarida shunday maktablarni ocha boshladilar. Yangi usul maktablari Bu davrda o'lkadagi mahalliy ziyolilar, jadidchilik harakatining namoyandalari tomonidan milliy madaniyat, diniy e'tiqod, mahalliy an'analar asosidagi yangi maktablar ochilgan edi. Jadidlarning yangi usul maktablaridan zamonasining yetuk olimlari, adabiyotshunoslari, rassomlari, shoirlari, san'atkorlari, maorif sohasi mutaxassislari yetishib chiqdi. Jumladan, shoir akademik G'afur G'ulom, ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 19:53:32
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.61 MB
Ko'rishlar soni
294 marta
Ko'chirishlar soni
29 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:26
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 19:53 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.61 MB
Ko'rishlar soni
294 marta
Ko'chirishlar soni
29 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:26 ]
Arxiv ichida: pptx