9-sinf O'zbekiston Tarixi fanidan dars ishlanma. Turkistonda Teatr va musiqa san'ati

9-sinf O'zbekiston Tarixi fanidan dars ishlanma. Turkistonda Teatr va musiqa san'ati

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
9-sinf O'zbekiston Tarixi fanidan dars ishlanma. Turkistonda Teatr va musiqa san'ati - rasmi

Material tavsifi

Teatr va musiqa san'ati 9-sinf O'zbekiston tarixi fani darsligi asosida 40-mavzu Turkistonda xalq teatri Qadimiy san'at turlaridan eng sevimlisi hisoblangan xalq teatrining Buxoro amirligi, Xiva va Qo'qon xonliklarida o'ziga xos ko'rinishlari mavjud edi. Buxoro amirligida masxaraboz, qo'g'irchoqboz, raqqos kabi san'at yo'nalishlarining uyushmalari vujudga kelgan edi. Xorazm an'anaviy teatrida esa ikki turkum tomoshalar - kulgili va xatarli o'yin turlari yaxshi shakllandi. Xalq teatri shakl jihatidan rang-barang va boy bo'lib, ular xalq orasidan chiqqan komik aktyorlar - qiziqchilar, qo'g'irchoqbozlar, masxarabozlar va boshqalar o'z mahoratlarini namoyish qilishgan. XIX asrning ikkinchi yarmida bir nechta shaharlarda an'anaviy teatr uyushmalari vujudga keldi. «Turon» truppasi a'zolari. XX asr boshi Eng mashhurlari Qo'qonda Zokir eshon, Bu xoroda To'la masxara uyushmalari edi. Ayniqsa, qo'g'irchoq teatrlari ommabop bo'lib, ular mavzusi markazida Kachal Polvon obrazi turgan. Turkistonda Yevropava rus teatrlarining kirib kelishi O'rta Osiyo Rossiya imperiyasi tomonidan zabt etilgach, mustamlakachi hukumat siyosiy maqsadlarni nazarda tutib, o'lkaga rus madaniyatini jadal yoyishga kirisha boshladi. 1870-yil Turkiston general-gubernatori tomonidan taklif qilingan Samara teatri o'lkada bir necha kunlik dasturlarini namoyish etgan edi. 1910-yilda Samarqand va Toshkentga rus aktrisasi V. F. Komissarjevskaya truppasining gastrollari uyushtirildi. V. F. Komissarjevskaya truppasi Tatar va ozarbayjon truppalarining 1910-1912-yillarda Turkistonda bo'lib o'tgan gastrollari ham katta madaniy voqeaga aylandi. U. Gajibekovning «Go'ro'g'li», «Layli va Majnun» va «Arshinmololon» musiqali pyesalari o'zbek jamoatchiligi orasida iliq kutib olindi. Kolizey teatri. Toshkent. XX asr boshi Jadid teatrining vujugga kelishi Turkistonda 1911-yil dastlabki yozma milliy sahna asarlari yaratildi. Mahmudxo'ja Behbudiyning «Padarkush», A. Samadovning «Mahramlar», Fitratning «Bir farangi bilan buxorolik bir mudarrisning qilgan munozaralari» nomli asarlari shular ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx, pdf
Fayl hajmi 8.72 MB
Ko'rishlar soni 289 marta
Ko'chirishlar soni 28 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:26 Arxiv ichida: pptx, pdf
Joylangan
Fayl formati zip → pptx, pdf
Fayl hajmi 8.72 MB
Ko'rishlar soni 289 marta
Ko'chirishlar soni 28 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx, pdf
Tepaga