9-sinf Jahon tarixi dars ishlanma. Amerika Qo'shma Shtatlari

9-sinf Jahon tarixi dars ishlanma. Amerika Qo'shma Shtatlari

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
9-sinf Jahon tarixi dars ishlanma. Amerika Qo'shma Shtatlari - rasmi

Material tavsifi

9-sinf Jahon tarixi fani darsligi asosida 14-mavzu Amerika Qo'shma Shtatlari Iqtisodiy taraqqiyot Amerika xalqining tadbirkorligi mamlakat iqtisodiy taraqqiyotining nihoyatda tezlashuviga sabab bo'ldi. Ayni paytda, AQSHga qo'shni davlatlar (Kanada va Meksika) kuchsiz edi. 1870-1914-yillarda AQSHga 25 mln. kishi ko'chib keldi. Bu ham AQSH taraqqiyotida muhim rol o'ynadi. Shuningdek, ishchi kuchiga doimiy muhtojlik yangi texnika va texnologiyalarning ishlab chiqarishga keng joriy etilishiga keng yo'l ochildi. XIX asrning oxirgi o'ttiz yili AQSH tarixida taraqqiyotning yuksakligi va juda muhim iqtisodiy va siyosiy voqealar bo'lganligi bilan xarakterlanadi. 1860-yil AQSH sanoat mahsuloti hajmi jihatidan dunyoda 4-o'rinda turgan bo'lsa, 1894-yilga kelganda birinchi o'ringa chiqib oldi. 1894-yilda AQSHning sanoat mahsuloti G'arbiy Yevropadagi hamma mamlakatlar mahsulotining yarmiga teng va Buyuk Britaniya mahsulotidan esa ikki baravar ortiq edi. AQSH sanoati o'sishida Yevropakapitali ham muhim rol o'ynadi. Yevropadavlatlarining AQSHga qo'ygan kapitali 1890-yilda 3 mlrd. dollarga yetdi. XX asr boshlarida mamlakatda ishlab chiqarishning markazlashuvi hamda bank kapitali bilan sanoat kapitalining qo'shilib ketishi davom etdi. Jahon urushi davrida AQSHda qazib chiqarilayotgan toshko'mirning, ishlab chiqarilayotgan cho'yan va po'latning miqdori Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniya erishgan jamiki miqdoriga teng edi. Sanoatning barcha tarmoqlari bo'yicha AQSH jahonda birinchi o'ringa chiqdi. Po'lat, neft, mis, elektr va shu kabi sanoat tarmoqlari qirollarining qudratli sulolalari vujudga keldi. Ford avtomobil qiroliga aylandi. 1901-yilda Morgan 1 milliard dollarlik kapitalga ega bo'lgan Po'lat korporatsiyasi deb atalgan katta trestni tashkil etdi. 1914-yilga kelib, aholining 2 foizini tashkil etgan sarmoyadorlar milliy boylikning 60 foiziga egalik qila boshladi. Po'lat korporatsiyasi tresti Qishloq xo'jaligidagi tub o'zgarishning mazmunini qo'l mehnati o'rnini mashinaning tobora ko'proq egallab ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.46 MB
Ko'rishlar soni 358 marta
Ko'chirishlar soni 44 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:25 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.46 MB
Ko'rishlar soni 358 marta
Ko'chirishlar soni 44 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga