Fransiya Prussiya urushi va uning yakunlari 9-sinf Jahon tarixi fani darsligi asosida 3-mavzu XIX asrning 60-yillari ikkinchi yarmidan boshlab Fransiya imperatori Napoleon II mavqeyiga putur yetdi. Napoleon II Bunga sabab - Fransiyaning iqtisodiy taraqqiyot bo'yicha o'z qo'shnilari bo'lgan Buyuk Britaniya va Germaniyadan tobora orqada qolayotganligi bo'ldi. Fransiya tashqi siyosatda ham muvaffaqiyatsizlikka uchray boshladi. Chunonchi, u Prussiyaning Germaniyani birlashtirishiga to'sqinlik qila olmay qoldi. Germaniya yagona davlatga birlashadigan bo'lsa, Fransiyaning xalqaro maydondagi obro'siga jiddiy zarar yetar va Yevropadagi ikkinchi davlatdek mavqeyi barham topar edi. Fransiya hukmron doiralari 1860-yildagi Buyuk Britaniya-Fransiya savdo shartnomasidan ham norozi edi. Chunki, ingliz tovarlarining Fransiyaga ko'plab kiritilishi fransuz tovarlari bilan raqobatni kuchaytirmoqda edi. Bundan tashqari, mamlakatda ishsizlik, qimmatchilik mehnatkashlarning doimiy yo'ldoshi bo'lib qolgandi. Bu hodisa ishchilarning keskin noroziligini vujudga keltirdi. Napoleon II uchun Prussiyaga qarshi g'olibona urush zarur edi. Bu urush Fransiyaning, shuningdek, Napoleon II ning ham mavqeyini tiklagan bo'lardi. Prussiya ham bir necha yillardan beri Fransiyaga qarshi urushga tayyorlanib kelmoqda edi. Uning maqsadi Germaniyada Prussiyaning hukmronligini mustahkamlashga to'siq bo'lgan Fransiyani yengish va Germaniyani birlashtirishni nihoyasiga yetkazish edi. O'zining bir vaqtlardagi qudratini yo'qotgan Ispaniyada 1868-yilda inqilob yuz berdi. Qirolicha Izabella II Fransiyaga qochib ketishga majbur bo'ldi. Izabella II Yevropaning buyuk davlatlari o'rtasida Ispaniya taxti uchun boshlanib ketgan kurash bunga imkon bermadi. Bunga Germaniyaning ham Ispaniya taxtiga o'z nomzodini qo'yishga harakat qilgani sabab bo'ldi. Urushga shoshilayotgan Prussiya kansleri Bismark esa gazetada imperator va Fransiya elchisi o'rtasidagi suhbat tafsilotini atayin buzib talqin etdi. Otto fon Bismark 1870-yil 17-iyulda Fransiya Prussiyaga qarshi urush e'lon qildi. Shu tariqa, Fransiya-Prussiya urushi boshlandi. 1870-yil ...

Joylangan
04 Aug 2022 | 11:42:07
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.07 MB
Ko'rishlar soni
374 marta
Ko'chirishlar soni
42 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:25
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
04 Aug 2022 [ 11:42 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.07 MB
Ko'rishlar soni
374 marta
Ko'chirishlar soni
42 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:25 ]
Arxiv ichida: pptx