Fransiyada Uchinchi Respublika va 1871-yil 18-mart davlat to'ntarishi 9-sinf Jahon tarixi fani darsligi asosida 4-mavzu Mag'lubiyat haqidagi xabarni eshitgan Parij aholisi 3-sentabr kuni qo'zg'olon ko'tardi. Ular Respublika e'lon qilinishini va Vatanni himoya qilishni talab qildilar. Xalq talabi bilan 4-sentabr kuni Fransiyaning qonun chiqaruvchi Korpusi imperator ag'darilganligini e'lon qilishga majbur bo'ldi. Bu mamlakat tarixidagi Uchinchi Respublika edi. Ayni paytda, Fransiya Respublika deb e'lon qilindi. 19-sentabr kuni Parij Prussiya qo'shini tomonidan qurshab olindi. Muvaqqat hukumat noiloj taslim bo'ldi. Urushdagi g'alaba Prussiyaga o'z qo'l ostida butun Germaniyani yagona davlatga birlashtirish imkonini berdi. 1871-yil 18-yanvar kuni Fransiyaning Versal saroyida Germaniya - imperiya, Prussiya qiroli Vilgelm I esa Germaniya imperatori deb e'lon qilindi. Otto fon Bismark imperiya kansleri lavozimini egalladi. Vilgelm I 1871-yil fevral oyida Fransiyada Milliy Majlisga shoshilinch saylov o'tkazildi va Tyer boshchiligida yangi hukumat tuzildi. Bu hukumat Fransiya-Germaniya tinchlik shartnomasini imzoladi. Bosh vazir Tyer Milliy gvardiyani qurolsizlantirishni buyurdi. 18-mart kuni kechasi hukumat qo'shini Milliy gvardiyaga hujum qildi. Parijda hokimiyat Milliy gvardiya Markaziy qo'mitasi qo'liga o'tdi. Bu qo'mita muvaqqat hukumat vazifasini bajardi. Davlat organlariga ishchilar, ziyolilar va qo'zg'olonning boshqa qatnashchilari vakillari boshchilik qila boshladi. 26-mart kuni Parij Kommunasiga saylov o'tkazildi va Kommuna Kengashi tuzildi. Bu kengash o'z a'zolaridan 10 ta komissiya (vazirlik) tashkil etdi. Kommunani tor-mor etishda Germaniya Tyer hukumatiga yordam berdi. Chunonchi, Bismark 40 ming fransuz askar va zobitlarni asirlikdan bo'shatib, ularni Tyer hukumati ixtiyoriga yubordi. 28-may kuni Kommuna to'la tor-mor etildi. Asir olingan 30 mingga yaqin kommunachi otib tashlandi. 50 mingga yaqin kommunachilar qamoqqa olindi. Parij Kommunasi bilan ayni paytda Fransiyada inqiloblar ...

Joylangan
04 Aug 2022 | 11:42:07
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.57 MB
Ko'rishlar soni
533 marta
Ko'chirishlar soni
17 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:25
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
04 Aug 2022 [ 11:42 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.57 MB
Ko'rishlar soni
533 marta
Ko'chirishlar soni
17 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:25 ]
Arxiv ichida: pptx