Name of Presentation 9-sinf Jahon tarixi fani darsligi asosida 6-mavzu Fransiyaning ichki siyosati Respublika hukumati ichki siyosatda bir qator muhim tadbirlarni amalga oshirdi. 1881-1882-yilarda ta'lim to'g'risida qonun qabul qilindi. Unga ko'ra, maktab cherkovdan ajratildi. Ta'limning dunyoviyligi ta'minlandi. 13 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun majburiy bepul ta'lim joriy etildi. Oliy pedagogik bilim yurtlarida o'qituvchi kadrlar tayyorlash yo'lga qo'yildi. Majburiy ta'lim dasturida o'g'il bolalar uchun gimnastika predmeti majburiy deb belgilandi. Bundan o'smirlarni bo'lajak harbiy xizmatga jismonan yetuk qilib tayyorlash maqsadi ko'zda tutilgan edi. Qiz bolalar uchun litseylar ochildi. Maxsus oliy o'quv yurtlarida ayol o'qituvchilar tayyorlana boshlandi. Mamlakatda Respublikani mustahkamlash tobora chuqur qaror topa bordi. 1876-yilgi Senatga bo'lgan saylovlarda Respublikachilar qo'li baland keldi. 1894-yilda hatto mamlakat prezidenti Sadi Karno ham o'ldirildi. Fransiya kontrrazvedkasi mamlakat harbiy kuchlari haqida josus tomonidan Germaniyaga maxfiy ma'lumotlar yetkazib berilayotganligini aniqladi. Sadi Karno Siyosiy reaksiya Dreyfus ishi dan mamlakatda demokratiyaga qarshi tashviqotni kuchaytirish, millatchilik, shovinistik kayfiyatlarni yanada avj oldirish uchun foydalandi. Dreyfus ishi atrofidagi kurash uzoq davom etdi. Oxir-oqibatda hukumat uni ozodlikka chiqarishga majbur bo'ldi. Alfred Dreyfus Biroq, u aybsizligi uchun emas, sog'lig'i yomonlashgani uchun ozod qilindi. A. Dreyfus faqat 1906-yildagina to'la oqlandi. 1913-yilda Fransiya, xususan, temir rudasi qazib chiqarish bo'yicha AQSH va Germaniyani ortda qoldirdi. Sanoatda yangi tarmoqlar (elektrotexnika, avtomobil va kimyo) tez rivojlana boshladi. Fransiya mehnatkashlarining ahvoli esa og'ir edi. Ular kuniga 10 -12 soat, ba'zan 14-16 soatgacha ishlashga majbur edi. Mehnatkashlar o'z haq-huquqlari uchun kurasha boshladi. 1880-yilda ishchi tashkilotlari vakillari Fransiya ishchi partiyasini tuzdi. Ular ishsizlar va ish tashlashda qatnashayotganlar haqida g'amxo'rlik qila boshladi. Ayni paytda, ishchilar ...

Joylangan
04 Aug 2022 | 11:42:07
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.12 MB
Ko'rishlar soni
345 marta
Ko'chirishlar soni
25 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:25
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
04 Aug 2022 [ 11:42 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.12 MB
Ko'rishlar soni
345 marta
Ko'chirishlar soni
25 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:25 ]
Arxiv ichida: pptx