9-sinf Jahon tarixi dars ishlanma. Germaniya Imperiyasining ichki siyosati

9-sinf Jahon tarixi dars ishlanma. Germaniya Imperiyasining ichki siyosati

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
9-sinf Jahon tarixi dars ishlanma. Germaniya Imperiyasining ichki siyosati - rasmi

Material tavsifi

Germaniya Imperiyasining ichki siyosati 9-sinf Jahon tarixi fani darsligi asosida 9-mavzu German hukumati ichki siyosatda Germaniyani prusslashtirish masalasiga alohida e'tibor berdi. Imperiya konstitutsiyasida Prussiya qirollarigina Germaniya imperatori bo'la olishining qayd etilganligi buning yorqin dalili edi. Polsha va Fransiyaning Germaniyaga o'tgan hududlarida ham prusslashtirish siyosati yuritildi. Bunga javoban 1906-yilda 100 mingdan ortiq polyak bolalari maktabga borishdan bosh tortdi. Polyak tilida o'qitiladigan maktablar yopib qo'yildi. Bismark hukumati katolik cherkovining ta'sirini kamaytirishga qaratilgan qator tadbirlarni amalga oshirdi. Bu o'rinda 1872-yilda qabul qilingan maxsus qonun muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Unga ko'ra, maktab cherkovdan ajratildi. Ruhoniylarning siyosiy tashviqot olib borishi taqiqlandi. Ruhoniy kadrlar tayyorlash, ularni vazifalarga tayinlash ishlarini davlat o'z qo'liga oldi. Fuqarolik holati aktlarini qayd etish ishlari ham (tug'ilish, nikoh, vafot etganlik) davlat idoralari ixtiyoriga o'tkazildi. Bismarkning katolik cherkovi ta'siriga qarshi qo'llagan tadbirlari Kulturkampf (Madaniyat uchun kurash) degan nom oldi. 1875-yilda tashkil etilgan Germaniya sotsial-demokratik partiyasining (GSDP) ta'siri o'sib borayotgan edi. Chunonchi, 1877-yilgi parlament saylovida bu partiya 12 ta deputatlik o'rniga ega bo'ldi. 188-yilda Vilgelm I vafot etdi. Taxtni 28 yoshli Vilgelm II (188-1918) egalladi. Undan har qanday xatti-harakatni kutish mumkin edi. Vilgelm II 1889-yilda Bismark Reyxstag oldiga sotsialistlarga qarshi qonunga doimiy tus berish masalasini qo'ydi. Biroq, Reyxstag buni rad etdi. Imperator ham Bismarkni qo'llab-quvvatlamadi. Otto fon Bismark 1891-yildan boshlab yakshanba dam olish kuni deb belgilandi. 13 yoshdan kichik bo'lgan bolalar mehnati taqiqlandi. Xotin-qizlar uchun 11 soatlik ish kuni joriy qilindi. Qishloq xo'jaligida barcha haydaladigan yerlarning 25% ga yaqini yunkerlar (katta yer egalari) qo'lida to'plangan edi. Germaniya qanchalik gurkirab rivojlanmasin, bu mamlakat ishchilari ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 4.15 MB
Ko'rishlar soni 225 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:25 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 4.15 MB
Ko'rishlar soni 225 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga