Podsho Rossiyasining tashqi siyosati 9-sinf Jahon tarixi fani darsligi asosida 20-mavzu Podsho Rossiyasi mustamlakachi davlat Rossiya ham yirik mustamlakachi davlatlardan biri bo'lgan. Bosqinchilik urushlari yo'li bilan ulkan imperiya vujudga keltirildi. Rossiya XIX asrning 70-yillaridan keyin ham O'rta Osiyoda bosqinchilik siyosatini davom ettirdi. 1873-yilda Xiva xonligi vassal davlatga aylantirildi. O'rta Osiyo 1885-yilda to'la bo'ysundirildi. Rossiya - Turkiya urushi 1875-yilda Bosniya va Gersegovinada Turkiya mustamlakachiligiga qarshi qo'zg'olon ko'tarildi. Ular milliy mustaqillik talab qildilar. 1876-yil Serbiya-Turkiya urushida Turkiyaning qo'li baland kela boshladi. Shunday sharoitda Rossiya Turkiyadan Serbiya bilan yarash bitimi imzolashni va armiyasini demobilizatsiya qilishni talab etdi. Rossiya 1877-yilning 24-aprel kuni Turkiyaga urush e'lon qildi. Serbiya va Chernogoriya ham urush harakatlarida qatnashdi. San-Stefano shartnomasi 1878-yilda San-Stefanoda Rossiya-Turkiya shartnomasi imzolandi. Shartnoma Bolqon yarimorolining siyosiy xaritasini tubdan o'zgartirib yubordi. Berlin kongressi Kongress 1878-yilning 13-iyunida ochildi. Unda Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Rossiya, Avstriya-Vengriya, Italiya va Turkiya delegatsiyalari qatnashdi. Kongressda Berlin traktati deb nomlangan hujjat imzolandi. Bu hujjat Rossiyaning San-Stefano shartnomasi natijasida qo'lga kiritgan katta muvaffaqiyatlarining ahamiyatini kamaytirib yubordi. 1878-yilda Buyuk Britaniya Afg'onistonga qarshi yangi bosqinchilik harakatlarini boshladi. Biroq, afg'on xalqi bosqinchilarga qarshi qo'zg'olon ko'tardi. 1880-yilda Rossiya qo'shinlari general Skobelev boshchiligida yurish boshladi. General Skobelev 1881-yilda shiddatli janglardan keyin Ko'ktepa qal'asi egallandi. Rossiya - Yaponiya urushi Rossiya - Yaponiya munosabatlari Xitoy va uning provinsiyasi Manjuriya tufayli tobora keskinlashdi. Yaponiya floti 1904-yilda urush e'lon qilmay turib, Port-Arturdagi Rossiya harbiy dengiz kuchlariga hujum qildi va unga katta talafot yetkazdi Savol va topshiriqlar 1. Rossiya mustamlakachilik imperiyasi boshqa imperiyalardan qay jihati bilan farq qilgan? 2. Rossiyaning manfaatlari eng ko'p darajada ...

Joylangan
04 Aug 2022 | 11:42:07
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.66 MB
Ko'rishlar soni
192 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:25
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
04 Aug 2022 [ 11:42 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.66 MB
Ko'rishlar soni
192 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:25 ]
Arxiv ichida: pptx