7-sinf O'zbekiston tarixi fanidan Abbosiylar davrida Xuroson va Movarounnahr mavzusida dars ishlanma va slayd taqdimot
(VIII asrda Xuroson va Movarounnahr)
Fan: O'zbekiston tarixi Mavzu: Abbosiylar davrida Xuroson va Movarounnahr. Darsning texnologik xaritasi Darsning bosqichlari: Darsning borishi: I.tashkiliy qism:a)salomlashish, suhbat; b)psixologik iqlim yaratish II. O'tilgan mavzuni mustahkamlash: Jiz'ya qanday soliq? 720-yilgi qo'zg'olon qayerda boshlandi? Nasr ibn Sayyor kim? II.Yangi mavzu bayoni: 748-yilning boshida Abu Muslim Xurosonning poytaxti Marv shahrini egallaydi. Xalifa Marvon o'z ixtiyoridagi barcha harbiy kuchlarni qo'zg'olonchilarga qarshi safarbar qilsa-da, ammo umaviylar hokimiyatini saqlab qola olmaydi. 749-yilda Abu Muslim boshliq qo'zg'olonchilar xalifalikning markaziy viloyatlari tomon yo'l oladilar. Poytaxt qo'lga kiritilib, xalifa Marvon II taxtdan ag'dariladi. Uning o'rniga abbosiylar xonadonidan bo'lgan Abul Abbos Saffoh (750-754) xalifalik taxtiga ko'tariladi. Joylarda umaviylar xonadonining vakillari va yaqinlari qirib tashlanadi. Shunday qilib, Arab xalifaligida davlat hokimiyati abbosiylar qo'liga o'tadi. Abbosiylarning xalifalik taxtiga chiqishi mehnatkash aholiga hech qanday yengillik keltirmagan. Abu Muslim vositasida abbosiylar tomonidan xalq ommasiga berilgan va'dalardan birortasi ham amalga oshmadi. Abu Muslim Bag'dodda davlat va harbiy kuchlarning yuqori lavozimiga tayinlanadi. Biroq abbosiylar uning xalq orasidagi obro'yining tobora ortib borishiga xayrixoh emas edilar. Oqibat Abu Muslim poytaxtdan uzoqlashtirilib, Xuroson va Movarounnahrga noib qilib yuboriladi. Mehnatkash aholi o'rtasida abbosiylarga qarshi qo'zg'olon ko'tarish kayfiyati paydo bo'ladi. Bunday qo'zg'olonlardan biri 750- yilda Buxoroda sodir bo'ldi. Abu Muslim mahalliy kuchlar yordami bilan qo'zg'olonni arang bostirdi. Movarounnahrdagi ichki ziddiyatdan foydalanib, Xitoy imperatorining qo'shinlari Turkistonga bostirib kiradi. IV.Yangi mavzuni mustahkamlash: Abbosiylar ummaviylarni nimada ayblaganlar? Qachondan boshlab Arab xalifaligi Abbosiylar qo'liga o'tdi? Abbosiylarning Muhammad payg'ambarga qanday aloqasi bor? V.O'quvchilarni baholash: Abbosiylar davrida Xuroson va Movarounnahr 7-sinf O'zbekiston tarixi darsligi asosida 12-mavzu Xalq noroziligining kuchayishi 21.12.2022 2 VII asrning 40-yillarida xalifalikda ...