G'arbiy Turk xoqonligi 7-sinf O'zbekiston tarixi darsligi asosida 6-mavzu Boshqaruv. G'arbiy xoqonlik ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy jihatdan Sharqiy xoqonlikdan mutlaqo ajralib turgan. Sharqiy xoqonlik aholisining asosiy qismi chorvador ko'chmanchilar edi. VII asrning birinchi choragida G'arbiy xoqonlik nihoyatda kuchaygan. Uning sharqiy chegarasi Oltoyga, janubda esa Sind (Hind) daryosi bo'ylariga borib yetgan. G'arbiy xoqonlik o'ziga qaram viloyatlarni boshqarishda mahalliy sulolalarni saqlab qolgan. Muhim ahamiyatga ega bo'lgan ayrim o'lkalarda esa xoqon xonadoniga tegishli mansabdorlar tayinlangan. Xoqon To'ng Yabg'u (618-630) hukmronlik qilgan davrda boshqaruv tartiblari isloh qilingan. Islohotga ko'ra, mahalliy hukmdorlarga xoqonlikning yabg'u unvoni berilib, ular xoqonning noibiga (vakiliga) aylanadilar. Ijtimoiy hayot. G'arbiy turk xoqonligiga birlashgan aholining hayoti va xo'jaligi turlicha bo'lgan. Xoqonlik o'troq va ko'chmanchi aholiga bo'lingan. Ichki va tashqi savdo-sotiq ishlari shahar aholisining asosiy mashg'ulotlaridan biri bo'lgan. Bu sohada ayniqsa Sug'd savdogarlarining mavqeyi baland edi. G'arbiy turk xoqonligi bilan Xitoy o'rtasida VII asrning birinchi yarmida iqtisodiy aloqalar faollashdi. Bu davrda Xitoyga to'qqiz marotaba savdo elchilari yuboriladi. Xoqonlikda shaharlar va qishloqlar ko'p bo'lgan. Aholisi dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq ishlari bilan shug'ullanardi. Hunarmandlar yasagan zeb-ziynatlar va qurol - yarog'lar xilma-xilligi va nihoyatda puxtaligi bilan ajralib turardi. G'arbiy turk xoqonligi bilan Xitoy o'rtasida VII asrning birinchi yarmida iqtisodiy aloqalar faollashdi. Bu davrda Xitoyga to'qqiz marotaba savdo elchilari yuboriladi. Abruy boshchiligidagi qo'zg'olon. Turk xoqonligi davrida O'rta Osiyoda dehqonlar tomonidan yerlarni egallash jarayoni tobora avj olib, zulm kuchayadi. Shunday xalq qo'zg'olonlaridan biri 585-586-yillarda Buxoroda yuz beradi. Qo'zg'olondan vahimaga tushgan mulkdor dehqonlar va boy savdogarlar Buxoro viloyatini tark etib, Turkiston va Taroz atrofiga borib o'rnashadilar. Turk xoqoni Qoracho'rin ...

Joylangan
04 Aug 2022 | 12:06:04
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.17 MB
Ko'rishlar soni
261 marta
Ko'chirishlar soni
21 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:15
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
04 Aug 2022 [ 12:06 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.17 MB
Ko'rishlar soni
261 marta
Ko'chirishlar soni
21 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:15 ]
Arxiv ichida: pptx