Fan: O'zbekiston tarixi Mavzu: Mahalliy hokimliklarning tashkil topishi Darsning texnologik xaritasi Darsning bosqichlari: Darsning borishi: I.tashkiliy qism:a)salomlashish, suhbat; b)psixologik iqlim yaratish II. O'tilgan mavzuni mustahkamlash: Nima uchun Turk xoqonligi 2 qismga bo'linib ketdi? G'arbiy Turk xoqonligining poytaxti qaysi shahar edi? Ustrusxona hozirgi qaysi viloyatlarga to'g'ri keladi? II.Yangi mavzu bayoni: Chochning markazi Choch shahri bo'lib, hukmdori «tudun» deb yuritilardi. Eloqning markazi Tunkat, hokimlari «dehqon» deb atalardi. V asrda ular Eftallar davlatiga, VI asrda esa G'arbiy turk xoqonligiga bo'ysundiriladi. VII asrning dastlabki choragida esa G'arbiy turk xoqonligi hukmdorlik qarorgohini Choch viloyatiga ko'chiradi. Hukmdor va malika uchun Yabg'ukat va Xotunkat kabi o'ziga xos qarorgohlar bino qilindi. Choch tuduni (tudun chachinak) va Choch tegini (tegin chachinak) yozuvlari chekilgan tangalar zarb etiladi. Tangalarning old betida hukmdor surati, teskari tomonida ot, gajak dumli bars yoki qoplon tasviri, ba'zan sulolaviy ayri tamg'a tushirilgan. Ayrim tangalarda esa, hatto hukmronga yonma-yon malika tasviri ham chekilgan. Bunday qo'shaloq tasvir, shubhasiz, qadimgi turkiy davlatchiligida, hukmdorning malikasi - xvatun (xotun), ya'ni vazirlik darajasiga ega bo'lib, davlat boshqaruvida faol ishtirok etganligidan dalolat beradi. Saroyda u xoqondan keyingi o'rinni egallagan. Choch tangasi. VII asr. Peshtoq ostida turgan shakllar tasvirlangan ossuariy (Ostadon). VI-VII asrlar. Keltirilgan numizmatik manbalardan ay on bo'lishicha, G'arbiy turk xoqonligi, shuningdek uning yirik o'troq viloyatlaridan hisoblangan Choch o'lkasi ilk o'rta asrlardayoqo'sha davrning tarixiy saltanatliklari Sosoniylar Eroni, Vizantiya va Xitoy kabi o'z tanga pullari tizimiga ega bo'lgan. IV.Yangi mavzuni mustahkamlash: Sug'd hokimligi haqida ma'lumot bering. Hozirgi Ohangaron vodiysi qaysi hokimlik tarkibida bo'lgan? Toxariston o'zining qaysi mahsuloti bilan mashhur edi? V.O'quvchilarni baholash: Mahalliy ...

Joylangan
04 Aug 2022 | 12:06:04
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx, docx
Fayl hajmi
1.72 MB
Ko'rishlar soni
320 marta
Ko'chirishlar soni
70 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:15
Arxiv ichida: pptx, docx
Joylangan
04 Aug 2022 [ 12:06 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx, docx
Fayl hajmi
1.72 MB
Ko'rishlar soni
320 marta
Ko'chirishlar soni
70 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:15 ]
Arxiv ichida: pptx, docx