7-sinf O'zbekiston tarixi dars ishlanma. Movarounnahrda islom dinining yoyilishi

7-sinf O'zbekiston tarixi dars ishlanma. Movarounnahrda islom dinining yoyilishi

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
7-sinf O'zbekiston tarixi dars ishlanma. Movarounnahrda islom dinining yoyilishi - rasmi

Material tavsifi

Movarounnahrda islom dinining yoyilishi 7-sinf O'zbekiston tarixi darsligi asosida 10-mavzu Iqtisodiy oqibatlar. Xalifalik o'lkani zabt etish jarayonida uning deyarli barcha obod dehqonchilik vohalarini, juda ko'p shahar va qishloqlarga o't qo'yib vayron etdi. Istilochilar harbiy kuchga tayanib, aholidan turli soliqlar undirib, aholini xilma-xil jamoa ishlariga safarbar etadilar. Marv, Poykand, Buxoro va Samarqand kabi shaharlarda shahriston yoki undagi xonadonlarning qoq yarmi arablar va ular bilan birga kelgan ajamlar (eronliklar)ga bo'shatib beriladi. Islomga da'vat etish. Arablar Movarounnahrda o'rnatilgan siyosiy hokimiyatni mustahkamlash va uning barqarorligini ta'minlash uchun Islom dinini da'vat etishga, aholi o'rtasida islomni yoyishga alohida ahamiyat berdilar. Aholini islomlashtirish yo'llari. Islom dinini qabul qilib, musulmon bo'lgan mahalliy aholi vakillari dastlabki yillarda xiroj va jizya soliqlaridan ozod etilgan. Ibodatxonalar vayron etilib, ularning o'rniga jome masjidlari bino qilinadi. Islomni qabul qilmaganlardan esa jon solig'i - jizya undirilib olingan. Soliqlarni o'z vaqtida to'lamagan kishilarning bo'yinlariga qarzdor deb yozilgan taxtacha osib qo'yilardi. Mahalliy davlat boshliqlarining ko'pchiligi o'z huquqlari va imtiyozlarini saqlab qolish maqsadida Islom dinini qabul qilgan. Islomni qabul qilmagan zodagonlar o'z yerlaridan mahrum etilgan yoki tovon to'lagan. Bunday tadbir va choralar Movarounnahr aholisi o'rtasida Islom dinining tez tarqalishiga yordam bergan. Mahalliy sug'd yozuvida bitilgan diniy va ma'rifiy kitoblarni, ilmiy asarlarni va qimmatli hujjatlarni hamda sanamlarni gulxanlarda yoqib, yo'q qilib tashlaydilar. Savol va topshiriqlar: 1. Xalifalik istilosi Movarounnahrda qanday oqibatlarga olib keldi? 2. Mahalliy aholini islomga kirgizishda qanday yo'llardan foydalanildi? 3. Arablar tomonidan qanday soliqlar joriy etilgan? 4. Istilo mahalliy madaniyatga qanday ta'sir ko'rsatdi? ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.88 MB
Ko'rishlar soni 406 marta
Ko'chirishlar soni 45 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:15 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.88 MB
Ko'rishlar soni 406 marta
Ko'chirishlar soni 45 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga