7-sinf O'zbekiston tarixi dars ishlanma. Muhammad Xorazmshohning mamlakat mudofaasiga oid tadbirlari va oqibati

7-sinf O'zbekiston tarixi dars ishlanma. Muhammad Xorazmshohning mamlakat mudofaasiga oid tadbirlari va oqibati

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
7-sinf O'zbekiston tarixi dars ishlanma. Muhammad Xorazmshohning mamlakat mudofaasiga oid tadbirlari va oqibati - rasmi

Material tavsifi

Muhammad Xorazmshohning mamlakat mudofaasiga oid tadbirlari va uning oqibati 7-sinf O'zbekiston tarixi darsligi asosida 20-mavzu Xorazmshohning mudofaa rejasi. Chingizxon Movarounnahr yurishiga katta ahamiyat berib, puxta tayyorgarlik ko'rgan edi. Hali harbiy yurish boshlanmasdanoq u o'z dushmanining kuch-qudrati va urushga tayyorgarligi to'g'risida savdogarlar orqali to'plagan ma'lumotlarni sinchiklab o'rgangan. Sulton Muhammadning og'li Jaloliddin, Xo'jand hokimi Temur Malik singari sarkardalar harbiy kuchlarini asosiy nuqtalarga to'plab, dushmanga zarba berishni taklif etadilar. Jaloliddin Manguberdi Shuning uchun ham harbiy kengashda sulton o'z qo'shinlarini turli shaharlarga bo'lib yuborib, urushda mudofaa taktikasini qo'llashga qaror qiladi. O'tror qamali. 1219-yilning kuzida Chingizxon Xorazmshohga qarshi yurish boshlaydi. Chingizxonning o'trorliklardan o'chi borligidan mo'g'ullar qo'shini dastlab Sirdaryo bo'yida joylashgan O'tror shahri ustiga yurish qildi. O'tror mustahkam qal'ali chegara shahar edi. Qal'a noibi G'oyirxon (Inolchiq) va sarkarda Qoracha Hojib boshchiligida mo'g'ullarga qarshi jang qildilar. Manbalarga ko'ra, O'tror qamali 5 oy davom etgan. Buxoro fojiasi. 1220-yilning fevralida Chingizxon musulmon sharqidagi yirik madaniy markaz Buxoro ustiga qo'shin tashlaydi. Buxoro qamali 12 kun davom etdi. 1220-yilning 16-fevralida mo'g'ullar tomonidan Buxoro egallanib, talon-toroj etiladi. Behisob xazinalar talanadi, asriy qo'lyozma asarlar, muqaddas kitoblar yirtilib, gulxanga uloqtiriladi. Samarqand jangi. Buxoro zabt etilgach, 1220-yilning mart oyida mo'g'ullar Movarounnahrning eng mashhur va yirik shahri bo'lgan Samarqand tomon yo'l oladi. Temur Malik jasorati. Xojand shahri himoyachilari Temur Malik boshchiligida qariyb bir oy davomida o'z shahrini mudofaa qiladilar. Xalq qahramoni Temur Malikning bundan keyingi vatanparvarlik jasorati Xorazm va ona yurtining boshqa hududlarini himoya qiluvchilar safida kechdi. Urganch qamali. 1221-yilning boshlarida Chingizxon qo'shinlarining Urganchga yurishi boshlandi. Xorazmshohlar poytaxtida xorazmliklarning 1100 nafar qo'shini turardi. Chingizxon Najmiddin Kubroga ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.58 MB
Ko'rishlar soni 241 marta
Ko'chirishlar soni 26 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:15 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.58 MB
Ko'rishlar soni 241 marta
Ko'chirishlar soni 26 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga