7-sinf O'zbekiston tarixi O'rta Osiyoda adabiyot dars taqdimoti

7-sinf O'zbekiston tarixi O'rta Osiyoda adabiyot dars taqdimoti

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
7-sinf O'zbekiston tarixi O'rta Osiyoda adabiyot dars taqdimoti - rasmi

Material tavsifi

7-sinf O'zbekiston tarixi darsligi asosida 42-mavzu O'rta osiyoda adabiyot Mumtoz adabiyot namoyandalari. O'rta Osiyo xalqlari adabiyoti badiiy uslub jihatidan takomillashdi, yangi pog'onaga ko'tarildi. Nasrda ham, nazmda ham ko'plab nodir badiiy va lirik asarlar yaratildi. Tarjima adabiyot vujudga keldi. Badiiy adabiyotning ravnaqi bilan uzviy bog'langan holda adabiyotshunoslik ham taraqqiy etdi, nodir asarlar yaratildi. Durbek tomonidan qayta ishlangan Yusuf va Zulayho dostoni, toshkentlik shoir Atoiyning devoni shu davr badiiy adabiyotining durdonalaridir. Bu davrda o'zbek shoirlari ichida Lutfiy (1366-1465) alohida o'rin tutadi. Navoiyga qadar o'zbek she'riyatida Lutfiy darajasiga yetadigan shoir bo'lmagan. XV asr badiiy adabiyoti ravnaqida buyuk davlat arbobi, ulug' shoir, olim, mutafakkir Alisher Navoiy (1441-1501) va buyuk fors-tojik shoiri Abdurahmon Jomiy (1414-1492)ning hissalari g'oyat buyukdir. Alisher Navoiy Navoiy o'ttizdan ortiq yirik badiiy asar yozdi. Xamsa, Xazoyin ul-maoniy, Mahbub ul-qulub, Lison ut-tayr shular jumlasidandir. O'zbek xalqining ulug' shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy o'zining bebaho asarlarida ko'targan o'ta insonparvar g'oyalari bilan jahon adabiyotining buyuk namoyandalari qatoridan munosib o'rin egalladi. Abdurahmon Jomiy Alisher Navoiyning zamondoshi, ustozi va do'sti edi. Ularning do'stligi va hamkorligi o'zbek va qardosh xalqlar do'stligi va hamkorligining yorqin timsolidir. Abdurahmon Jomiy Tarixchilar. Tarix ilmining yirik namoyondalaridan biri Mirxond (1438-1498) bo'lib, uning haqiqiy ismi Muhammad Xovandshoh ibn Mahmuddir. Mirxondning nabirasi Xondamir (1475-1535) ham o'z davrining mashhur tarixchisidir. U hazrat Alisher Navoiyning shogirdi edi. Xondamir Xondamir 15-16 yoshlarida Alisher Navoiyning diqqat-nazariga tushadi va uning vafotiga qadar ulug' shoirning yonida bo'lib, uning kutubxonasiga boshchilik qiladi. Navoiy Xondamir haqida Majolis un-nafois asarida quyidagilarni yozib qoldirgan: Mavlono Xondamir Mirxondning farzandidir va salohiyatli yigitdir. Tarix ilmida moharati bordir. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 4.08 MB
Ko'rishlar soni 185 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:15 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 4.08 MB
Ko'rishlar soni 185 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga