O'rta Osiyoda tasviriy san'at 7-sinf O'zbekiston tarixi darsligi asosida 43-mavzu Kitobat san'ati. XV asrda kitobat san'ati, ya'ni qo'lyozma asarlarni ko'chirib yozish va u bilan bog'liq bo'lgan xattotlik, musavvirlik, lavvohlik va sahhoflik san'ati ham nihoyatda yaxshi taraqqiy etadi. Bosmaxona va kitob nashr etish hali vujudga kelmagan zamonda kitob yaratish va uning nusxalarini ko'paytirish og'ir mehnat va ko'p vaqt sarf etiladigan nihoyatda mushkul ish bo'lgan. Xattot bo'lish uchun uzoq vaqt sabr-matonat va ishtiyoq bilan mashq qilish, mukammal savodli, badiiy didi baland kishi bo'lishi lozim edi. Mashhur xattot Mirali Tabriziy (1330-1404) nasta'liq deb nomlangan yangi uslubdagi xatni kashf qiladi. Xushnavis xattotlardan biri Sultonali Mashhadiy (1432-1520) edi. Sultonali tomonidan ko'chirilgan 50 dan ziyod kitob va ko'pgina qit'alar hozirgi vaqtgacha yetib kelgan. Sultonali o'ymakorlik san'atida ham mohir bo'lgan. U xattotlik san'ati turlari haqida maxsus asar ham yozgan. Sultonali Mashhadiy Qiblat ulkuttob (Kotiblar qiblasi) va Sulton ul-xattotin (Xattotlar sultoni) nomlari bilan shuhrat topadi. Hirotda Ulug'bekning ukasi Boysung'ur kutubxonasida qirqta xattot va bir qancha naqqoshlar qo'lyozma asarlardan nusxalar ko'chirish va ularni bezash bilan band bo'lgan. 1429-yilda bu kutubxonada Abulqosim Firdavsiyning mashhur Shohnoma dostoni ko'chirtirilib, u 20 ta turli mazmun va manzarali rangdor miniaturalar bilan bezatilgan. Husayn Boyqaro va Alisher Navoiy saroy kutubxonasini nodir asarlar bilan boyitishga g'amxo'rlik qiladilar. Tasviriy san'at. XV asrda ulkan yutuqlarga erishgan tasviriy san'at - portretlar, hayotiy lavhalar, tabiat manzaralari, bino va badiiy asarlarga ishlangan tasvirlardan iborat bo'lgan. Siymolar qiyofasi tasvirlari orasida Jomiy, Navoiy, Abdullo Xotifiy, Behzod, Husayn Boyqaro, Bobur va boshqalarning tasvirlari bizgacha saqlanib qolgan. Zahariddin Bobur Kamoliddin Behzod (1455-1536) XV asr tasviriy ...

Joylangan
04 Aug 2022 | 12:06:04
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
5.64 MB
Ko'rishlar soni
172 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:15
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
04 Aug 2022 [ 12:06 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
5.64 MB
Ko'rishlar soni
172 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:15 ]
Arxiv ichida: pptx