7-sinf O'zbekiston tarixi darsligi asosida 27-mavzu Turkiy yozma adabiyot Turkiy yozma adabiyot. X-XII asrlarda Movarounnahr va Sharqiy Turkistonda turkiy xalqlarning qadimdan davom etib kelayotgan og'zaki adabiyoti bilan bir qatorda, yozma adabiyot yuzaga keladi. Qator yirik asarlar bitildi. Ulardan eng nodirlari Yusuf Xos Hojibning Qutadg'u bilig, Mahmud Koshg'ariyning Devonu lug'otit-turk, Ahmad Yugnakiyning Hibat ul-haqoyiq, Ahmad Yassaviyning Hikmat kabi asarlaridir. Bu davr turkiy adabiy tili eski o'zbek va uyg'ur tillarining vujudga kelishida ham muhim bosqich bo'ldi. Mahmud az-Zamaxshariy. Abulqosim Mahmud az- Zamaxshariy 1075-yilda Xorazmning Zamaxshar qishlog'ida dunyoga kelgan. Mahmud az- Zamaxshariy Mahmud Zamaxshariy turli soha ilmlariga oid 50 dan ortiq asarlar yozib qoldirdi. Ayniqsa, uning arab tili fonetikasi va morfologiyasiga bag'ishlangan Al-Mufassal, Qur'oniAl-Kashshof asari karim tafsiriga oid musulmon olamida mashhurdir. Qohiradagi dunyoga dong'i ketgan Al-Azhar diniy dorilfununining talabalari hozir ham Al-Kashshof asosida Qur'oni karimni o'rganadilar. Qohiradagi Al-Azhar diniy dorilfununi U tarixdagi birinchi ko'p tilli lug'at - arabcha-forscha-turkiy lug'atning asoschisi bo'lgan. Mahmud Zamaxshariy 1144-yilda Xorazmda vafot etgan. 1995-yilda O'zbekistonda Mahmud Zamaxshariyning 920 yilligi keng nishonlandi. Yusuf Xos Hojib. Turkiygo'y adib, mutafakkir va davlat arbobi bo'lgan Yusuf Xos Hojib (XI asr) Qutadg'u bilig dostonining muallifidir. Mahmud Koshg'ariy. Olimning to'liq ismi Mahmud Kоshg'ariy ibn Husayn ibn Muhammad. 1072-yil dunyoga mashhur asari Dеvоnu lug'оtit turk (Turkiy so'zlar dеvоni)ni yozib tugatdi. Mahmud Kоshg'ariy turkiy xalqlarning tili, madaniyati, etnografiyasi va folklorining birinchi tadqiqotchisi hisoblanadi. Mahmud Kоshg'ariy Dеvоnu lug'оtit turk asari muallifi. Ahmad Yugnakiy. XII asrda turkiy tilda ijod etgan shoir va mutafakkirlardan yana biri Ahmad Yugnakiy edi. Ahmad Yugnakiydan yagona adabiy meros Hibat ul-haqoyiq (Haqiqatlar tuhfasi) saqlanib qolgan. ...

Joylangan
04 Aug 2022 | 12:06:04
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.31 MB
Ko'rishlar soni
176 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:15
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
04 Aug 2022 [ 12:06 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.31 MB
Ko'rishlar soni
176 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:15 ]
Arxiv ichida: pptx