7-sinf O'zbekiston tarixi dars ishlanma. Xorazmshoh va Chingizxon munosabatlari

7-sinf O'zbekiston tarixi dars ishlanma. Xorazmshoh va Chingizxon munosabatlari

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
7-sinf O'zbekiston tarixi dars ishlanma. Xorazmshoh va Chingizxon munosabatlari - rasmi

Material tavsifi

Xorazmshoh va Chingizxon munosabatlari 7-sinf O'zbekiston tarixi darsligi asosida 19-mavzu O'zaro elchilik aloqalari. Mo'g'ul urug' va qabilalari qudratli davlatga birlashuvi va jipslashuvi Temuchin (1155-1227) nomi bilan bog'liq. Chingizxon 1206-yilda Onon daryosi bo'yida chaqirilgan mo'g'ul urug' va qabila boshliqlarining qurultoyida Temuchin ulug' xon (qoon) deb e'lon qilinadi, unga Chingiz laqabi beriladi hamda Mo'g'ullar davlatiga asos solinadi. Chingizxon Chingizxon olib borgan urushlar natijasida Gobi sahrosining sharqiy chegarasidan to Tangritog' (Tyanshan) tizmasining g'arbiy etaklarigacha bo'lgan viloyatlar Mo'g'ullar davlati hukmronligi ostida birlashtirilgan edi. Endilikda Mo'g'ullar davlatining g'arbiy hududlari Sulton Muhammad Xorazmshoh saltanatining chegarasiga bevosita tutashib ketgandi. Sulton Muhammad Xorazmshoh Chingizxon va Xorazmshoh o'rtasida bir-birining kuch-qudratini bilib olishga va bu haqda ma'lumotlar to'plashga harakat qilinadi. Ikki o'rtada hatto elchilik aloqalari o'rnatiladi. Dastavval, 1216-yilda Chingizxon huzuriga Xorazmshoh Bahouddin Roziy boshchiligida o'z elchilarini yuboradi. Elchilarni Chingizxon iltifot bilan qabul qiladi. Chingizxon qimmatbaho sovg'alar va mollar ortilgan katta karvon bilan o'z elchilarini Xorazmga yuboradi. Elchilarga xorazmlik savdogar Mahmud Yalavoch boshliq qilib tayinlanadi. Chingizxon Sulton Muhammadga 1218-yilning o'zidayoq Xorazmga juda katta savdo va elchilar karvonini jo'natadi. Xorazmshohlar davlatining inqirozga yuz tutishi. XII asrning boshlarida Xorazmshohlar saltanati qo'shinining umumiy soni Chingizxon harbiy kuchiga nisbatan birmuncha oshiqroq edi. Turkon xotun, ya'ni turklar onasi nomi bilan shuhrat topgan Sulton Muhammadning volidasi qo'shinning oliy sarkardasi hisoblangan. Qipchoq oqsuyaklari bilan urug'-qabila aloqalari orqali mahkam bog'langan edi. Turkon xotun Sulton Muhammad o'z hukmronligining so'ngida Davlat kengashini ta'sis etadi. Kengashga 6 nafar bilimdon vakillar jalb etiladi. Unda eng dolzarb masalalar muhokama etilib, qaror qabul qilinsa-da, ammo u amalda ijobiy natija bermaydi. Ana shunday vaziyatda u jangari ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.97 MB
Ko'rishlar soni 310 marta
Ko'chirishlar soni 27 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:15 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.97 MB
Ko'rishlar soni 310 marta
Ko'chirishlar soni 27 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga