Germaniya GERMANIYA DEMOKRATIK RespublikaSI 1. Iqtisodiy-siyosiy geografik o'rni. 2. Tabiiy sharoiti va resurslari 3. Aholisi. 4. Davlat tuzumi. 5. Xo'jaligi: A) Sanoat tarmoqlari. B) Qishloq xo'jaligi. V) Transporti. 6. Tashg'qi iqtisodiy aloqalar. Xo'jaligi Hozirgi Germaniya dunyoda eng rivojlangan mamlakatlardan biridir. Mamlakat sanoat ishlab chiqarishi va yalpi ichki mahsulot hajmi bo'yicha faqat AQSH, Yaponiya va Xitoydan keyinda turadi. Tashqi savdo aylanmasi hajmi bo'yicha dunyoda ikkinchi o'rinda turadi. Germaniya sanoati Yevropava jahon bozorida yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashuvida muhim rol o'ynaydi. Hozirgi Germaniya xo'jaligining tarmoq va hududiy tarkibi rivojlanishida GFR va GDR davlatlarining qirq yillik bo'linishi salbiy ta'sir ko'rsatdi. Mamlakat birlashuvidan keyin Sharqiy yerlarda xo'jalikni rivojlantirish muammolari sezilarli kuchaydi, sanoat va qishloq xo'jaligi ishlab chiqarish pasayishi ro'y berdi. Shuningdek ijtimoiy muammolar vujudga keldi. (shu jumladan ishsizlik). GFRda xo'jalikni rivojlantirish darajasiga ko'ra hududiy nomutanosibliklar kuchaydi. Shunday qilib 1994 yilda Germaniya aholisi 20 foiz aholisi yashovchi sharqiy yerlarda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish bor yo'g'i 4 foizni tashkil etdi. Sanoati Mamlakat sanoat tarmoqlar tarkibida qayta ishlash sanoati hissasi juda yuqori. (Qazib chiqarish sanoati hissasi g'arbiy yerlarda 2 foiz, sharqiy yerlarda esa 9 foizni tashkil etadi). Germaniyada bir qancha qazib chiqarish (temir ruda, mis rudasi, uran rudasi) tarmoqlari o'z faoliyatini amalda to'xtatgan. So'nggi yillarda import asosida olib kelinadigan arzon xom-ashyo istemolning o'sish hisobiga ko'mir sanoatida toshko'mir qazib chiqarish keskin qisqarmoqda. Hozirgi vaqtda mamlakatda fan-talab tarmoqlar hissasi oshib bormoqda. Germaniya stanoklar va boshqa ishlab chiqarish jihozlari avtomobillar, organik ximiya mahsulotlari eksport qilish bo'yicha dunyoda oldingi o'rinlardan birini egallaydi. GFR dagi barcha yirik sanoat kompaniyalari transmilliy korporasiyalar hisoblanadi. (Daimler-Benz, Volkswagen, Siemens, Hoechst, Bayer). Energetika sanoati o'zining yoqilg'iga bo'lgan ehtiyojining yarmidan ortig'ini import hisobiga ta'minlaydi. Germaniya yoqilg'i-energetika balansida neft va tabiiy gaz muhim rol o'ynaydi. Ko'mir hissasi esa 30 foizni tashkil etadi. Neft mamlakatga neft quvurlari va tankerlar orqali Shimoliy dengiz, Rossiyadan, Afrika mamlakatlari (Nigeriya, Liviya) va Fors qo'ltig'i mamlakatlaridan tashib keltiriladi. Neftni qayta ishlash zavodlari mamlakat bo'ylab bir tekis joylashgan bo'lib, uning Gamburg, Kyoln, Karlsrue, Ingolshtadt, Shvedt kabi yirik markazlari ishlab turibdi. Transport tarmoqlari. Germaniya transporti yo'llarining zichligi bo'yicha dunyoda oldingi o'rinlardan birini egallaydi. Mamlakatning asosiy transport turini temir yo'llar tashkil etadi. Temir yo'llarning umumiy uzunligi 44 ming km atrofida bo'lib, shundan jami temir yo'llarning qismi elektrlashtirilgan. Jami tashiladigan yuk aylanmasida avtomobil transportining hissasi 60 foizni, temir yo'l transportiga 20 foiz, daryo transportiga 15 foiz to'g'ri keladi. Yo'lovchi tashish aylanmasida esa avtomobil transportining hissasi yanada yuqori ya'ni 90 foizni tashkil etadi. Germaniyada ichki suv yo'llarining uzunligi ...

Joylangan
04 Aug 2022 | 12:20:58
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.26 MB
Ko'rishlar soni
264 marta
Ko'chirishlar soni
20 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:38
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
04 Aug 2022 [ 12:20 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.26 MB
Ko'rishlar soni
264 marta
Ko'chirishlar soni
20 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:38 ]
Arxiv ichida: pptx