1918 - 1939-Yillarda ilmiy-texnik taraqqiyotning jadallashuvi, ilm-fandagi yutuqlar 10-sinf Jahon tarixi fani darsligi asosida 2-mavzu Aniq va tabiiy fanlardagi inqilob. Amerikalik Enriko Fermi va fransuz Frederik Jolio-Kyuri uranning parchalanishi jarayonida yuz beradigan zanjirli reaksiya natijasida juda katta energiya ajralib chiqishi to'g'risidagi g'oyani shakllantirdi. Shu davrda fizikaning alohida yo'nalishi atom fizikasi ham shakllandi. 1938-yili nemis olimlari uran yadrolari ajralib chiqishining zanjirli reaksiyasini kashf etdilar. Insoniyat oldida atom energiyasidan foydalanishning murakkab muammosi paydo bo'ldi. Atom bombasini yaratish ustida izlanishlar Germaniya, sobiq Sovet Ittifoqi va boshqa bir qator davlatlarda ham davom ettirildi. 1942-yili Chikagoda Enriko Fermi ilk atom reaktorini yaratdi. Birinchi atom bombasi 1945-yil AQSHning Nyu-Meksiko shtatidagi poligonda portlatildi. Enriko Fermi atom reaktori asoschisi. Tarixda ilk bor harakatlanuvchi tasvirni elektron-nurli trubka yordamida masofaga uzatishni 1928-yili ixtirochilar Boris Grabovskiy va Ivan Belyanskiy Toshkentda amalga oshirdilar. Boris Grabovskiy va Ivan Belyanskiy Toshkent tramvay tresti bazasida o'tkazilgan bu tajribani olimlar zamonaviy televideniyening paydo bo'lishi, deb hisoblashadi. Shu tariqa televideniye asri boshlandi. 1920-yillari ovozli kino ustida ishlash davri bo'ldi. XX asr boshlarida biologiya fani ham shiddat bilan rivojlandi. Jon Makleod va Frederik Banting 1922-yili fiziolog olimlar Jon Makleod va Frederik Banting ko'plab tajribalar jarayonida o't pufagi gormoni bo'lgan insulinni olishga muvaffaq bo'ldilar. Qandli diabet kasalligi endi bedavo dard bo'lmay qoldi. Insulinning kashf etilishi XX asrning eng buyuk kashfiyotlaridan biri deb tan olindi. Jon Makleod va Frederik Banting fiziologiya va tibbiyot bo'yicha Nobel mukofotiga sazovor bo'ldilar. Shu davrda vita'minlar, gormonlarning kashf etilishi va virusologiya sohasidagi yutuqlar ham katta ahamiyatga ega bo'ldi. Bu kashfiyotlar mikrobiologiya sanoatining paydo bo'lishi uchun ...

Joylangan
04 Aug 2022 | 12:20:58
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3 MB
Ko'rishlar soni
260 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:03
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
04 Aug 2022 [ 12:20 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3 MB
Ko'rishlar soni
260 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:03 ]
Arxiv ichida: pptx