1918 - 1939-yillarda Lotin Amerikasi mamlakatlari 10-sinf Jahon tarixi fani darsligi asosida 10-mavzu Janubiy Amerikada va Shimoliy Amerika ning janubiy qismida joylashgan davlatlar, shuningdek, Karib dengizidagi orollar Lotin Amerikasi mamlakatlari deb ataladi. Lotin Amerikasi mamlakatlari Bugun xalqaro hujjatlarda bu hudud «Lotin Amerikasi va Karib havzasi mamlakatlari» deb yuritiladi. 1920-yillarda mintaqadagi holat. Birinchi jahon urushi Lotin Amerikasi mamlakatlarida kapitalizm rivojlanishi jarayonini yanada jadallashtirdi. 1920-yillardagi liberal islohotchilik Lotin Amerikasida ancha oyoqqa turgan mahalliy burjuaziyaning, shuningdek, aholining keng qatlami manfaatlarini aks ettirardi. Argentinada Ipolito Irigoyen hukumatining faoliyati bu davr liberal-islohotchilik siyosatiga yorqin misol bo'lishi mumkin. Ipolito Irigoyen. Uning hukumati milliy sanoatning rivojlanishini rag'batlantirdi, davlat neft sanoatini shakllantirdi. 1929 - 1933-yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi Lotin Amerikasi mamlakatlarida qaror topgan ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarning salbiy tomonlarini, iqtisodning tashqi bozorga haddan tashqari qaramligining og'ir oqibatlarini ochib tashladi. Argentinada 1930-yili harbiy to'ntarish amalga oshirilib, Ipolito Irigoyenning ikkinchi hukumati ag'darib tashlandi, hokimiyatga konservator guruhlar qaytdi. Braziliyada aksincha, inqiroz bu yerda hukmronlik qilayotgan «qahva oligarxiyasi»ning pozitsiyasini susaytirdi va bundan muxolifatchi burjua-millatchi doiralar foydalanib qoldi. Ishchilar qahvani okeanga tashlamoqda. Braziliya, Kolumbiyada ham shu yili konservativ oligarxiya rejimi o'rniga liberal-islohotchilar keldi. Chili va Kubada ommaviy inqilobiy chiqishlar natijasida inqirozdan sal oldin hokimiyatga kelgan diktatorlik rejim lari ag'darib tashlandi. Lotin Amerikasi va AQSH munosabatlari. Jahon urushlari oralig'ida Lotin Amerikasi davlatlari uchun muhim muammo ularning AQSH bilan munosabatlari bo'ldi. Birinchi jahon urushi yillarida Lotin Amerikasiga Yevropadavlatlari e'tiborining susayishidan foydalangan AQSH kapitali Markaziy va Janubiy Amerikaga kirib keldi. 1933-yili AQSH prezidenti Franklin Ruzvelt o'z hukumatining Lotin Amerikasi davlatlariga intervensiya uyushtirmasligini va boshqa ko'rinishda bu davlatlarning ...

Joylangan
04 Aug 2022 | 12:20:58
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.45 MB
Ko'rishlar soni
322 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:03
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
04 Aug 2022 [ 12:20 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.45 MB
Ko'rishlar soni
322 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:03 ]
Arxiv ichida: pptx