10-sinf Jahon tarixi dars ishlanma. 1918 - 1939 yillarda SSSR

10-sinf Jahon tarixi dars ishlanma. 1918 - 1939 yillarda SSSR

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
10-sinf Jahon tarixi dars ishlanma. 1918 - 1939 yillarda SSSR - rasmi

Material tavsifi

1918 - 1939-yillarda SSR 10-sinf Jahon tarixi fani darsligi asosida 7-8-mavzu 1917-yil noyabrda Vladimir Lenin boshchiligida bolsheviklar hukumati - Xalq komissarlari soveti tuzilgandan so'ng Rossiyaning boshqa hududlarida ham sovet hokimiyatini o'rnatish boshlandi. Vladimir Lenin Sulh natijasida bolsheviklar vaqtincha nafasni rostlash imkoniyatiga ega bo'lsa-da, Rossiya 56 mln. kishi yashaydigan juda katta hududidan va Qora dengiz flotidan ayrildi, Germaniyaga katta kontributsiya to'lash majburiyatini oldi. 1918-yil martida Brest-Litovsk shahrida Germaniya bilan sulh tuzildi. Fuqarolar urushi. Ko'pchilik tarixchilar Rossiyada Fuqarolar urushi 1917-yil oktabrda bolsheviklar hokimiyatga kelishi bilan boshlandi va 1922-yil kuzda Uzoq Sharqda «Oq gvardiya»ning tor-mor qilinishi bilan yakunlandi, deb hisoblaydi. Bolsheviklar hokimiyatga kelgandan so'ng boshlangan tartibsizliklar fuqarolar urushiga olib keldi. 1918 - 1922-yillari Sovetlar Respublikasida iqtisodni boshqarishning harbiy usuli - «harbiy kommunizm» siyosati o'rnatildi. U fuqarolar urushida g'alaba qozonish uchun mamlakat barcha resurslarini safarbar qilishning favqulodda tizimi edi SSRning tashkil topishi. 1922-yili amalga oshirilgan muhim tadbirlardan biri SSRning tashkil topishi bo'ldi. Millatlarning o'z huquqini o'zi belgilash tamoyilidan kelib chiqib, barcha Respublikalar federativ davlatga teng huquqli a'zo bo'lib kirdilar. Natijada, 1922-yil 30-dekabr kuni sobiq Rossiya imperiyasi hududida Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi (SSR) tashkil qilindi. Yangi iqtisodiy siyosat. 1921-yili sovet davlati kuchli iqtisodiy va siyosiy inqirozni boshidan kechirdi. Mamlakat vayron bo'lgan, sanoat ishlab chiqarishi keskin pasayib ketgan edi. Yuz bergan dahshatli qurg'oqchilik Ukraina, Kuban va butun Volgabo'yini qamrab oldi. Bu hududlarda ocharchilik boshlanib, sovetlarga qarshi qo'zg'olonlar ko'tarildi. Fritof Nansen. Mashhur norveg sayyohi Fritof Nansen ochlarga amaliy yordam ko'rsatishni tashkil qilganlardan biri bo'ldi. 1924-yili Vladimir Lenin vafot etgandan so'ng davlatda Iosif Stalin va uning safdoshlari asosiy ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.91 MB
Ko'rishlar soni 230 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:03 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.91 MB
Ko'rishlar soni 230 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga