1918 - 1939-yillarda Turkiya va Eron 10-sinf Jahon tarixi fani darsligi asosida 13-mavzu Usmoniylar imperiyasi Germaniya va uning ittifoqchilari safida turib Birinchi jahon urushida qatnashdi va mag'lubiyatga uchradi. Imperiya hududi okkupatsiya qilindi. Ularning surbetlarcha harakati turk xalqining g'azabini oshirdi. Mamlakatda qarshilik harakati boshlandi. Harakatga general Mustafo Kamol posho rahbarlik qildi. Mustafo Kamol Otaturk. 1920-yilgi Sevr shartnomasiga ko'ra Turkiya hududi bir guruh Yevropadavlatlari o'rtasida bo'lib olinishi ko'zda tutildi. G'arb davlatlari tomonidan qo'llab-quvatlangan Gretsiya armiyasi Turkiya hududiga kiritildi. Shu tariqa Turkiya-Gretsiya urushi boshlandi. Uzoq davom etgan janglardan so'ng 1922-yil oktabrga kelib M. Kamol qo'shinlari butun Turkiya hududini ozod qildi. 1922-yil 1-noyabr kuni Turkiya Buyuk Millat majlisi sulton hokimiyatini bekor qilish to'g'risida qaror qabul qildi. Sulton Mexmed VI taxtdan ag'darildi va mamlakatni tark etdi. 1923-yil 29-oktabrda Turkiya Respublika deb e'lon qilindi, M. Kamol Respublika prezidenti etib saylandi. Mamlakatda uzoqni ko'zlab amalga oshirilgan islohotlar boshlandi. M. Kamol Tashqi siyosat Otaturk tashqi siyosatining asosiy vazifasi Turkiyaning xalqaro obro'sini oshirishga qaratildi. 1932-yili Millatlar Ligasiga a'zo bo'lgan Turkiya barcha davlatlar bilan do'stona munosabatlar o'rnatishga harakat qildi. Eron. 1919-yil imzolangan Angliya-Eron shartnomasiga binoan Eron amalda Buyuk Britaniyaning protektoratiga aylantirildi. 1921-yil fevralda kazaklar polki sardori polkovnik Rizoxon hukumatni ag'darib tashladi. 1925-yilning dekabr oyida chaqirilgan Ta'sis majlisi Rizoxonni Pahlaviylar sulolasining shohi deb e'lon qildi. Muhammad Rizoxon M. Kamoldan o'rnak olib shoh Eronda 1928-yildan yevropacha libos joriy qildi, feodal unvon va murojaat shakllari bekor qilindi, nasab joriy qilindi. 1935-yildan mamlakatning nomi o'zgartirildi: ilgarigi Fors o'rniga Eron deb ataladigan bo'ldi. 1927 - 1934-yillardagi islohotlar davrida bepul majburiy boshlang'ich ta'lim hamda pullik ...

Joylangan
04 Aug 2022 | 12:20:58
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.6 MB
Ko'rishlar soni
229 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:03
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
04 Aug 2022 [ 12:20 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.6 MB
Ko'rishlar soni
229 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:03 ]
Arxiv ichida: pptx