10-sinf Jahon tarixi dars ishlanma. 1918 - 1939 yillarda xalqaro munosabatlar

10-sinf Jahon tarixi dars ishlanma. 1918 - 1939 yillarda xalqaro munosabatlar

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
10-sinf Jahon tarixi dars ishlanma. 1918 - 1939 yillarda xalqaro munosabatlar - rasmi

Material tavsifi

10-sinf Jahon tarixi fani darsligi asosida 1-mavzu 1918 - 1939-yillarda xalqaro munosabatlar Parij tinchlik konferensiyasi. Parij yaqinidagi Versal saroyida 1919-yil 18-yanvardan 1920-yil 21-yanvargacha 27 davlat vakillari ishtirokida tinchlik konferensiyasi bo'lib o'tdi. Konferensiyada hal qiluvchi rolni «Katta uchlik» - Buyuk Britaniya va Fransiya bosh vazirlari Devid Lloyd Jorj, Jorj Klemanso va AQSH prezidenti Vudro Vilson o'ynadi. Devid Lloyd Jorj, Jorj Klemanso va Vudro Vilson (chapdan). 1919-yil 28-iyunda Germaniya Versal tinchlik shartnomasini imzoladi. Shartnomaga ko'ra, Germaniya Birinchi jahon urushining boshlanishi uchun yagona javobgar deb e'lon qilindi. U g'olib davlatlar foydasiga juda katta - 132 mlrd. marka reparatsiya (tovon) to'lashi lozim edi. Millatlar Ligasining tashkil qilinishi. AQSH prezidenti Vudro Vilson tashabbusi bilan Parij tinchlik konferen- siyasida xalqaro tashkilot - Millatlar Ligasi tashkil qilindi. Dastlab mag'lub davlatlar va Sovet Rossiyasi unga qabul qilinmadi. Germaniya mustamlakalarini va Turkiyaning Yaqin Sharqdagi yerlarini g'olib davlatlar tomonidan bo'lib olish uchun Millatlar Ligasi Nizomiga mandat, ya'ni ma'lum bir hududni boshqarish uchun vakolat tushunchasi kiritildi. Vashington konferensiyasi. Uzoq Sharq va Tinch okeanidagi bahsli muammolarni hal qilish va dengizdagi qurollarni cheklash maqsadida 1921-yil 12-noyabrdan 1922-yil 6-fevralgacha to'qqiz davlat vakillari ishtirokida Vashington konferensiyasi bo'lib o'tdi. Konferensiyada asosiy rolni AQSH, Buyuk Britaniya va Yaponiya o'ynadi. ushbu davlatlarning Tinch okeani havzasidagi o'z orollariga egalik qilish huquqlari kafolatlandi. 1921-yil dekabrda Vashington konferensiyasida to'rt davlat - AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya va Yaponiya o'rtasida shartnoma imzolanib, 1923-yili Lozanna tinchlik shartnomasi imzolanib, unda Turkiyaning urushdan keyingi chegaralari belgilab berildi va mustaqilligi tan olindi. U Birinchi jahon urushidan keyin yuzaga kelgan hududiy o'zgarishlar ga qonuniy tus bergan so'nggi yirik ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.71 MB
Ko'rishlar soni 288 marta
Ko'chirishlar soni 16 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:03 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.71 MB
Ko'rishlar soni 288 marta
Ko'chirishlar soni 16 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga