10-sinf Jahon tarixi dars ishlanma. 1918 - 1939 yillarda Yaponiya

10-sinf Jahon tarixi dars ishlanma. 1918 - 1939 yillarda Yaponiya

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
10-sinf Jahon tarixi dars ishlanma. 1918 - 1939 yillarda Yaponiya - rasmi

Material tavsifi

1918 - 1939-yillarda Yaponiya 10-sinf Jahon tarixi fani darsligi asosida 11-mavzu Iqtisodiy va siyosiy rivojlanishi. XX asr boshlarida Yaponiya jahonning yetakchi davlatlariga qaram bo'lib qolmagan, nisbatan yuqori darajadagi iqtisodiy va harbiy rivojlanishga erishgan Osiyo mintaqasidagi yagona davlat edi. 1920-yillar o'rtalariga kelib mamlakatda sanoat to'ntarishi yuz berdi. 1925-yili sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish darajasi 1919-yilgi darajasidan oshib ketdi. Ishlab chiqarishni konsentratsiyalash jarayoni davom etdi. Og'ir sanoatda «Mitsubisi» va «Sumitomo» konsernlari o'z pozitsiyasini mustahkamlab oldi. Monopolistik kapital xalq xo'jaligining muhim sohalarini egallab ola boshladi. 1929 - 1933-yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi yapon iqtisodiyotiga katta zarar keltirdi: u tinchlik sharoitida rivojlanishga moslashmagan, hali juda kuchsiz edi. Yaponiya hukumati inqirozdan chiqishning yo'li sifatida iqtisodni militarizatsiyalash va tajovuzkorlikni tanladi. Yaponiya Xitoyni, Uzoq Sharqni, keyin esa butun Osiyoni bosib olishni, Tinch okeani havzasida o'z hukmronligini o'rnatishni rejalashtirayotgan edi. Ichki siyosiy munosabatlar 1920-yillarda yangi siyosiy partiyalarning paydo bo'lishi hamda saylovchilar soni ni asta-sekin oshirib borgan qator islohotlar bilan xarak terlanadi. 1925-yildan sovet-yapon munosabatlari yo'lga qo'yilib, bu iqtisodiy hamkorlikning rivojlanishida va yapon qo'shinlarining Shimoliy Saxalindan olib chiqib ketilishida aks etdi. 1925-yildan sovet-yapon hamkorligi Hukumat boshlig'i general Giiti Tanaka ham ular tomonida bo'ldi va bu 1920-yillar oxiri 1930-yillar boshlarida «Yosh ofitserlar» tomonidan bir qator siyosiy terrorlar amalga oshirilishiga va, hatto, 1932-yil mayda isyon ko'tarilishiga olib keldi. Giiti Tanaka Tashqi siyosat. Yaponiyada shakllangan militaristik totalitar rejim uning tajovuzkor tashqi siyosatini belgilab berdi. 1931-yili Xitoyning Manchjuriya provinsiyasining bosib olinishiga va bu yerda yaponlar tomonidan Man chjou- Go qo'g'irchoq davlatining tuzilishiga olib keldi. 1937-yil yozida yaponlar Xitoyga qarshi keng miqyosdagi urush harakatlarini boshlab yubordi. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.92 MB
Ko'rishlar soni 235 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:03 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.92 MB
Ko'rishlar soni 235 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga