10-sinf Jahon tarixi dars ishlanma. 1946 - 1991 yillarda Amerika Qo'shma Shtatlari

10-sinf Jahon tarixi dars ishlanma. 1946 - 1991 yillarda Amerika Qo'shma Shtatlari

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
10-sinf Jahon tarixi dars ishlanma. 1946 - 1991 yillarda Amerika Qo'shma Shtatlari - rasmi

Material tavsifi

1946 - 1991-yillarda Amerika Qo'shma Shtatlari 10-sinf Jahon tarixi fani darsligi asosida 18-mavzu Ikkinchi jahon urushidan keyin boshqa rivojlangan mamlakatlarga nisbatan AQSH uchun juda qulay sharoit vujudga keldi. Tovarlar eksport qilishni, undan ham ko'proq ilmiy-texnik imkoniyatini oshirdi. AQSH G'arb dunyosining siyosiy, iqtisodiy va harbiy yetakchisiga aylandi. Iqtisodiy rivojlanish. Urushdan keyingi yillarda ilk bor AQSHda harbiy ishlab chiqarishning konversiyasi amalga oshirildi. 1940-yillarning oxiridan boshlab barqaror va to'xtovsiz o'sish AQSH iqtisodiy tizimining o'ziga xos jihati bo'lib qoldi. 1960-yillari prezidentlar Jon Kennedi va Lindon Jonson ma'muriyatlari iqtisodiy o'sishni jadallashtirish sari yo'l tutdilar. Ishlab chiqarishni ommaviy avtomatlashtirish amalga oshirildi. Jon Kennedi. 1970-yillar boshiga kelib iqtisodiy o'sish sur'atlari sekinlashdi. Amerika valutasiga nisbatan ishonchsizlik kuchaydi. G'arb davlatlari jiddiy iqtisodiy inqirozni boshdan kechirdi. 1980-yilgi prezidentlik saylovlarida g'alaba qozongan Ronald Reygan ma'muriyati inqirozdan chiqish yo'llarini topishga urinib, davlatning iqtisodga aralashuvini chekladi, sarmoya kiritish uchun katta soliq imtiyozlari joriy qildi. Ronald Reygan. Xususiy tashabbus rag'batlantirildi. Bu va boshqa bir qator tadbirlar «Reyganomika» nomini oldi. «Reyganomika» AQSH uchun yaxshi natijalarga olib keldi. Inflatsiya pasaydi, ishsizlik kamaydi, iste'mol buyumlariga talab ortdi. Chet el kapitalining kirib kelishi ancha kuchaydi. 1990-yillar boshida AQSH iqtisodiyotida qisqa muddatli retsessiya kuzatildi. O'sish sur'atlarining pasayishi xo'jalikning hamma jabhalarini qamrab oldi. Siyosiy rivojlanish. 1952-yilgi saylovlarda Respublikachilar partiyasidan nomzod Duayt Eyzenxauer g'olib chiqdi. 1940-yillar oxiri - 1950-yillar boshi AQSHda siyosiy reaksiyaning avj olishi bilan xarakterlanadi. Duayt Eyzenxauer AQSH hukumatini u boshqargan dastlabki yillarda reaksiya yanada kuchaydi. Mamlakatda makkartizm avj oldi. J. Makkarti faoliyatini ko'pgina reaksion tashkilotlar qo'llab-quvvatladi. J. Makkarti 1963-yili AQSH prezidenti Jon Kennedi, 1968-yili qora tanlilar tengligi uchun ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.22 MB
Ko'rishlar soni 250 marta
Ko'chirishlar soni 18 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:03 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.22 MB
Ko'rishlar soni 250 marta
Ko'chirishlar soni 18 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga