Ikkinchi jahon urushi va uning yakunlari 10-sinf Jahon tarixi fani darsligi asosida 15-16-mavzu Germaniyada fashistlarning hokimiyatga kelishi va xalqaro munosabatlar. 1933-yil yanvarda Germaniyada A. Gitler boshchiligidagi natsional-sotsialistik ishchi partiyasi hokimiyatga keldi. U Germaniyaning Birinchi jahon urushidagi mag'lubiyati uchun o'ch olishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan urush partiyasi edi. 1938-yilgi Myunxen kelishuvi. Avstriya anshlyus qilingandan so'ng Germaniya Chexoslovakiyani bosib olishga tayyorlana boshladi. Chexoslovakiyaning Sudet viloyati aholisining ko'pchiligini nemis millatiga mansub kishilar tashkil qilardi. Myunxen kelishuvi Buyuk Britaniya va Fransiya bosimi ostida Chexoslovakiya hukumati Germaniyaning talabini bajarishga majbur bo'ldi. Chexoslovakiyaning kapitulatsiyasi 1938-yil 29-sentabr kuni Myunxenda rasmiylashtirildi. Myunxen kelishuvidan keyin ikkita frontda urush olib borishni istamagan SSR bilan Germaniya manfaatlari vaqtincha mos tushdi. Bu 1939-yil 23-avgustda 10 yil muddatga o'zaro urush qilmaslik to'g'risida Sovet-German paktining (Molotov - Ribbentrop pakti) imzolanishiga olib keldi. Ikkinchi jahon urushining boshlanishi. 1939-yil 1-sentabr kuni Germaniyaning Polshaga bostirib kirishi bilan Ikkinchi jahon urushi boshlandi va 1945-yil 2-sentabrgacha davom etdi. Sovet rahbarlari paytdan foydalanib qoldi. 1939-yil 17-sentabr kuni Polshaga sovet qo'shinlari kiritildi. Germaniya bilan SSR o'rtasida do'stlik shartnomasi imzolanib, unda Polsha davlati siyosiy xaritadan butunlay o'chirib tashlandi. 1939 - 1940-yillarda sovet - fin urushi bo'lib o'tdi. Sovetlar juda katta yo'qotishlar evaziga Kareliyani Viborg shahri bilan birga SSR tarkibiga qo'shib oldi. 1940-yil sentabrda Germaniya, Yaponiya va Italiya o'rtasida harbiy hamkorlik to'g'risida kelishuv - Uchlar pakti imzolandi. Tez orada bu paktga Vengriya, Ruminiya, Slovakiya va Bolgariya ham qo'shildi. Germaniyaning SSRga bostirib kirishi. Germaniya bilan SSR o'rtasidagi urush muqarrar bo'lib, G'arbiy Yevropaning egallanishini Gitler o'zining asosiy rejasi - Sharqqa yurish uchun tayyorgarlik sifatida ...

Joylangan
04 Aug 2022 | 12:20:58
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.62 MB
Ko'rishlar soni
331 marta
Ko'chirishlar soni
34 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:03
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
04 Aug 2022 [ 12:20 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.62 MB
Ko'rishlar soni
331 marta
Ko'chirishlar soni
34 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:03 ]
Arxiv ichida: pptx